4 ta bo'limli o'rtoqlik o'yinida "Dinamo" "So'g'diyona"ni mag'lub etdi

15 noya 2026, 19:24
Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalangan "Dinamo" jamoasi Samarqandda "So'g'diyona"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi.

“Afrosiyob arena” stadionida o'tgan bahs murabbiylar kelishuviga binoan 35 daqiqadan iborat 4 bo'lim davom etdi. Uch mingdan ortiq tomoshabin qarshisida o'tgan o'yin gollarga boy bo'ldi. Unda Vadim Abramov shogirdlari 5:3 hisobida zafar quchdi. Murabbiylar ikkinchi bo'limda yoshlar jamoasidan ham yosh o'yinchilarga imkoniyat berishdi.
 
Ma'lumot uchun, “Dinamo” Superliga navbatdagi turi doirasida 22 noyabr kuni “Bunyodkor” jamoasini qabul qiladi.
 
O'rtoqlik o'yini. 15 noyabr
Samarqand, “Afrosiyob arena”

“Dinamo” - “So'g'diyona” - 5:3
Gollar: Abdug'ofur Haydarov 8, Behruzbek Obloqulov 75, Tigran Avanesyan pen 95, Bahodir Nasimov 115, Shahriyor Umrzoqov 120 - Jamshid Boltaboev 53, Filipp Ivanovich 70, Samandar Mavlonqulov 86
“Dinamo”: Edem Nemanov, Jaloliddin Jumaboev, Marko Stanoevich, Artyom Radaev, Edem Seytveliev, Raul Jeparov, Haris Hayderovich, Akbar Xudoyberdiev, Amadu Dumbuya, Anvarjon Hojimirzaev, Abdug'afur Haydarov
Zaxiradan maydonga tushganlar: Ravshan Yagudin, Salim Mustafoev, Nurullo To'xtasinov, Rasul Yo'ldoshev, Sanjar Qodirqulov, Firdavs Abdurahmonov, Oybek O'rmonjonov, Bahodir Nasimov, Shahriyor Umrzoqov, Parviz Farmonov.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Динамо" матбуот хизмати