

"Qizil iblislar" "Kristal Pelas" hujumchisi Jan-Filipp Mateta foydasiga tanlov qilishdi. "Burgutlar" futbolchi uchun kamida 50 million evro so'rashi kutilmoqda. Forvardning mehnat shartnomasi kelasi yilning yozida tugaydi. Transfermarkt futbolchining narxini 30 million evroga baholamoqda.
Jan-Filipp Mateta o'tgan mavsumda "Kristal Pelas" safida 50 ta o'yin o'tkazdi. Unda hujumchi 16 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



