FIFA prezidenti terma jamoamizga omad tiladi

7 iyun 2026, 09:15
FIFA prezidenti Janni Infantino o'zining rasmiy sahifasida Jahon chempionati oldidan O'zbekiston milliy terma jamoasiga omad tiladi.

O'zbekiston terma jamoasiga bu yozda 🇨🇦🇲🇽🇺🇸 Shimoliy Amerikada bo'lib o'tadigan FIFA Jahon chempionatida omad tilayman!

Jahon futbol sahnasidagi tarixiy debyutini o'tkazadigan #MilliyJamoaga eng ezgu tilaklarimni bildiraman. Muxlislarini faxrlantirish, tarixda yangi sahifa ochish va butun dunyoga o'z imkoniyatlarini namoyish etish yo'lida ularga muvaffaqiyat tilayman!

O'xshash yangiliklar


Manba: UzbekistanFA