Endrikning goli Braziliyaga Misr ustidan g'alaba keltirdi

7 iyun 2026, 07:35
2026 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Braziliya va Misr terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yin AQSHning Klivlend shahridagi "Klivlend Brauns" stadionida o'tkazildi va "pentakampeonlar"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

G'oliblar tarkibida yarim himoyachi Bruno Gimarayns va hujumchi Endrik gol urishga muvaffaq bo'lishdi. Mehmonlarning yagona javob to'pini "faraonlar" xavbeki Mostafa Ziko kiritdi.

Braziliya va Misr milliy terma jamoalari AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishadi. Musobaqa 2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuligacha bo'lib o'tadi. Braziliya terma jamoasi "S" guruhidan joy olgan bo'lib, unda Marokash, Gaiti va Shotlandiyaga qarshi bahs olib boradi. Misr esa "G" guruhida Belgiya, Eron va Yangi Zelandiya milliy terma jamoalari bilan kuch sinashadi.



O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia