Dani Alves medialiga klubi bilan muzokaralar olib bormoqda

Sherzod Nurmatov
5 may 2025, 20:54
"Barselona" sobiq himoyachisi Dani Alves Rossiyaga ko'chib o'tishi mumkin.

Rossiya OAVga ko'ra, Braziliya terma jamoasi sobiq himoyachisi medialiga klublaridan biri bilan muzokaralar olib bormoqda. Ehtimoliy kelishuvni muvofiqlashtirishning birinchi bosqichi allaqachon amalga oshirilgan, ikkinchisi 9 maydan keyinga rejalashtirilgan.

22 fevral kuni Barselona sudi Alvesni 2022 yilda Kataloniya poytaxtidagi tungi klubda qizni zo'rlagani uchun 4,5 yilga ozodlikdan mahrum qilgandi. Mart oyida sportchi hukm ustidan shikoyat ko'rib chiqilgunga qadar 1 mln evro garov evaziga qamoqdan ozod qilindi. 28 mart kuni esa batamom oqlandi.

41 yoshli braziliyalik professional faoliyatini 2023 yilda yakunlagan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sports.ru