

Bu haqda taniqli afrikalik jurnalist Micky Jnr o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar tarqatdi.
Manbaning bergan ma'lumotiga ko'ra, Mbappe jarohat sababli mashg'ulotni oxirigacha etkaza olmagan. Tafsilotlar hozircha oshkor qilinmayapti, biroq 8 iyun kuni Fransiya terma jamoasini JCH-2026 oldidan Shimoliy Irlandiyaga qarshi so'nggi nazorat uchrashuvi kutmoqda va unda francuzga dam berilishi mumkin.
Fransiya terma jamoasi guruh bosqichida Senegal, Norvegiya va Iroq bilan to'qnash keladi. Turnirdagi ilk o'yinini francuzlar 16 iyun kuni Senegalga qarshi o'tkazishadi.



