Keyn: "Yevropaga signal yubordik - biz g'alabalarga chanqoqmiz”

Sherzod Nurmatov
5 okt 2026, 13:50
Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn Millatlar Ligasining 3-turi doirasida Xorvatiya ustidan qozonilgan yirik g'alabaga (7:0) izoh berdi.

"Hatto 1:0 hisobida oldinda borayotganimizda ham ikkinchi, keyin uchinchi, to'rtinchi gol uchun oldinga bordik, aynan mana shu bizning mentalitetimiz bo'lishi lozim. Agar sizda aniq bir o'yin uslubi bo'lsa, unga qachon amal qilib, qachon amal qilmaslikni tanlay olmaysiz. Shafqatsizlarcha harakat qilish kerak. To'xtab qolmaslik lozim.

To'rtta gol ursang, beshinchisini xohlaysan. Haqiqiy ochlikni saqlab qolish kerak. Ayniqsa, muhimroq bahslarda, katta turnirlarda aynan shu narsa o'zgarishi darkor va bu kabi o'yinlar bizga faqat yordam beradi.

Chindan ham kuchli jamoaga qarshi o'ynadik. Bunday g'alabani o'z-o'zidan bo'lib qolgandek qabul qilib bo'lmaydi, chunki bu biz uchun juda qiyin o'yinga aylanishi mumkin edi.

Shuningdek, sen doim nafaqat o'zingga, balki butun Yevropa bo'ylab boshqa jamoalarga ham ma'lum bir signal yuborasan. Menimcha, buni yana bir bor amalga oshirdik.

G'alabalarga chanqoqmiz. Bizda yosh jamoa bor. Ko'plab futbolchilar ayni damda hayratlanarli darajada yaxshi sport formasida va o'ylaymanki, hamma shunchaki maydonga tushishdan baxtiyor. Bu kabi o'yinlar esa bizni yanada kuchliroq ruhlantiradi", – dedi Keyn.

Angliya 3 ta o'yindan so'ng 6 ochko bilan “A” ligasining 3-guruhida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Keyingi bahsda Angliya 6 oktyabr kuni Chexiyani qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN