APLga qaytish? Xulian Alvaresga yangi xaridor topildi

Sherzod Nurmatov
5 okt 2026, 12:10
“Tottenxem” qishki transfer oynasida “Atletiko” hujumchisi Xulian Alvaresni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Bu haqda “El Nacional” yozmoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, Angliya klubi 26 yoshli argentinalik futbolchi uchun 130 million evro taklif qilishga tayyor. Shuningdek, “Tottenxem” Alvaresning shartnomasiga kelgusida uning “Barselona”ga o'tishini osonlashtiradigan tovon puli bandini kiritishi mumkin. Hozircha muzokaralar bo'yicha rasmiy tasdiq mavjud emas.

Avvalroq “Atletiko” hujumchini sotish borasida “Barselona” bilan muzokara olib borish niyatida emasligini ma'lum qilgandi.

Alvares 2024 yilning avgustidan buyon “Atletiko” safida to'p tepib kelmoqda. Uning madridliklar bilan tuzgan shartnomasi 2030 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 100 million evroga baholamoqda.

Ma'lumot uchun, argentinalik futbolchi 2022-2024 yillarda “Manchester Siti” sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Nacional