Valeriy Nepomnyashiy: "Tom"dan ketishimga jamoat fikri sabab bo'ldi"
18 may 2016 06:45
Yangiliklar
Valeriy Nepomnyashiy: "Tom"dan ketishimga jamoat fikri sabab bo'ldi"
72 yoshli mutaxassis TASS axborot agentligiga intervyu berar ekan, quyidagilarni aytib o'tdi:
- So'nggi paytlarda mening manzilim tomon aytilayotgan gaplardan kelib chiqqan holda ketishni maqul ko'rdim. Klub muxlislari ko'p marotaba norozilik bildirdilar. Mendan ko'proq fikr kutishingiz mumkin, ammo aytmayman. SHuni takidlab o'tardim-ki, gubernator bilan kelishgan holda shunday qarorga keldik.
"Tom"dagi muvaffaqiyatsizlikka izoh berar ekan, O'zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi shunday deydi:
- O'yin borasida muammo yo'q. Raqiblardan kuchsiz emasmiz. Bizdagi kamchilik hujumdagi vaziyatlardan unumli foydalana olmaslik bo'ldi. Ikkinchi muammo, hujumdan himoyaga qaytishda. SHuning uchun raqiblarimizga to'pni oldirib qo'ygach himoyalanishda kechikkan vaziyatlarimiz yo'q emasdi.
Ayni paytda "Tom" Rossiya birinchi divizionida uchinchi o'rinni band etib turibdi.
Fikrlar