Krishtianu Ronaldu: "Mening ertagim" (mutolaa uchun)
05 fev 02:31
Yangiliklar
Krishtianu Ronaldu: "Mening ertagim" (mutolaa uchun)
Menda etti yoshligimdan qolgan unutilmas xotira mavjud. U shunchalik ravshan ko'rinadiki, hozir ham bemalol ko'z oldimga keltira olaman va u menga yoqimli kayfiyat bag'ishlaydi. Ushbu xotira oilam bilan bog'liq.
O'shanda men chinakam futbolni endigina o'ynashni boshlagan edim. Ilgari Madeyra ko'chalarida do'stlarim bilan shunchaki to'p tepib yurardim. Ko'cha deganda bo'm-bo'sh yo'lni emas, haqiqiy ko'chani nazarda tutyapman. Bizda darvoza ham, boshqa biror narsa ham yo'q edi, mashinalar o'tganda o'yinni to'xtatishga majbur bo'lardik. Men bundan juda mamnun edim, lekin otam "Andorina" futbol klubida kiyim-kechimlarga masul shaxs bo'lib ishlardi va u meni yoshlar jamoasiga borishga undardi. Bilardimki, bu ishim otamni juda xursand qilardi, shuning uchun taklifini erda qoldirmadim.
Birinchi kuni men tushunmaydigan ko'p qoidalar bor edi, lekin menga u er yoqib qoldi. Men jamoaning strukturasi va g'alabaga bo'lgan tashnaligiga o'rganib qoldim. Ishchilar kiyimidagi sersoqol otam har o'yinni bir chetda tomosha qilardi. U o'yinimdan zavqlanardi. Ammo onam va singillarim futbolga qiziqmasdi.
SHu sababli, har kuni kechki ovqat paytida otam ularni mening o'yinimni tomosha qilish uchun undashga harakat qilardi. Dadam mening birinchi agentim desam mubolag'a bo'lmaydi. Yodimda, u bilan o'yinlardan qaytganimizdan so'ng to'lqinlanib, "Krishtianu gol urdi!" deya oila azolarimga aytib berardi.
Ular esa: "Voy, zo'r-ku," deyishardi.
Lekin umuman hayajonlanishmasdi, oddiy gap eshitgandek qabul qilishardi, tasavvur qilyapsizmi?
Otam keyingi safar uyga kelib: "Krishtianu ikkita gol urdi!" derdi.
Ularda esa hamon hayajondan asar ko'rinmasdi. SHunchaki: "Juda yaxshi, Krish," deb qo'yishardi.
Xo'sh, men nima qila olardim? SHunchaki gol urishda davom etaverdim.
Bir kuni kechqurun otam uyga kelib: "Krishtianu uchta gol urdi! U ajoyib o'ynadi! Uning o'yinini ko'rishlaring kerak!" dedi.
Lekin baribir har bir o'yin boshlanishi oldidan maydon chetiga qarardim va yolg'iz otamning o'zi turganiga guvoh bo'lardim. Bir kuni (bu lahzani hech qachon unutmayman) chigil yozish mashqlarini qilib, o'girilib qaradim va onam hamda opa-singillarimning tribuna o'rindiqlarida o'tirganini ko'rdim. Ular... qanday desam ekan? Ular juda qulay joylashganga o'xshardi. Ular bir-birlariga yaqin o'tirishgan, qarsak chalishmas, qichqirishmas, shunchaki menga qo'l silkishardi, xuddi men paradda qatnashayotgandek. Ular, shubhasiz, ilgari hech qachon futbol uchrashuviga bormagan odamlarga o'xshashardi. Muhimi, ular stadionda edi. Men faqat shu haqda o'ylardim.
O'sha lahzada o'zimni juda yaxshi his etdim. Bu holat men uchun ko'p narsa anglatardi. Go'yo ichimda nimadir o'zgarib ketgandek bo'ldi. G'ururga to'ldim. O'sha paytlarda bizning pulimiz ko'p emasdi. Madeyradagi hayot og'ir edi. Akamdan qolgan yoki amakivachchalarim bergan eski botinkalarda o'ynardim. Ammo bola paytingda pul haqida qayg'urmaysan. Sen malum bir his-tuyg'u bilan yashaysan. O'sha kuni bu tuyg'u juda kuchli edi. O'zimni jangga otlangan sevimli qahramonlardek his qildim. Portugalchada buni "menino querido da família" deymiz.
Bunday xotiralarni sog'inch bilan eslayman, chunki hayotimdagi bu davr qisqa vaqt davom etdi. Futbol menga hamma narsani berdi, lekin u meni hali tayyor bo'lmasimdan uydan uzoqqa olib ketdi. 11 yoshimda oroldan Lissabondagi "Sporting" akademiyasiga ko'chib o'tdim va bu hayotimdagi eng qiyin davr bo'ldi.
Hozir bu haqda o'ylash meni hayratga soladi. Bularni yozayotganimda o'g'lim Krishtianu Junior maktab yoshida. To'rt yildan keyin uning sumkasini tayyorlab, Parij yoki Londonga jo'natsam, o'zimni qanday his qilishimni tasavvur qilaman. Bu holat deyarli imkonsizdek tuyuladi. Ishonchim komilki, ota-onam ham men bilan xayrlashish qanchalik qiyin ekanligini ich-ichidan his qilishgan.
Ammo bu ayriliq orzumni amalga oshirishim uchun imkoniyat edi. SHunday qilib, ular xayrlashishdi va men ketdim. Deyarli har kuni yig'lardim. Garchi Portugaliyada bo'lsam-da, go'yo boshqa mamlakatga ko'chib o'tgandek edim. U erning shevasi butunlay boshqa tilga o'xshardi. Madaniyat ha boshqacha edi. Men hech kimni tanimasdim va nihoyatda yolg'iz edim. Oila azolarim faqat to'rt oyda bir marta meni ko'rgani kelishlari mumkin edi. Ularni shunchalik sog'indimki, har bir kunim iztirobda o'tdi.
Futbol meni harakatga keltirdi. Mydonda akademiyadagi boshqa bolalar uddalay olmaydigan ishlarni qilayotganimni bilardim. Esimda, birinchi marta bolalardan birining boshqasiga: "Uning nima qilganini ko'rdingmi? U yirtqichning o'zginasi", deganini eshitdim.
Bunday gap-so'zlar tez-tez quloqqa chalina boshladi. Hatto murabbiylardan ham eshitdim. Lekin shunda kimdir doim: "Ha, lekin afsuski, u juda kichkina," derdi.
To'g'ri, men ozg'in edim. Mushaklarim yo'q edi. SHuning uchun 11 yoshimda bir qarorga keldim. Iqtidorim ko'pligini bilardim, lekin hammadan ko'ra ko'proq ishlashga qaror qildim. Yosh boladek o'ynashni bas qilmoqchi edim. O'zimni yosh boladek tutishni to'xtatmoqchi edim. Dunyoda eng zo'r bo'la oladigan darajada shug'ullanmoqchi edim.
Bu tuyg'u qaerdan paydo bo'lganini bilmayman, faqat ichimda paydo bo'lgandi. Bu hech qachon tark etmaydigan ochlikka o'xshaydi. Yutqazsang, och qolgandek bo'lasan. G'alaba qozonganingda, ozgina ushoq eysan-u, baribir och qolgandek bo'lasan. Buni tushuntirishning yagona yo'li shu.
Kechasi mashq qilish uchun yotoqxonadan yashirincha chiqa boshladim. O'zimning shakllanayotganim va tezlashayotganimni his qilardim. Keyin maydonga chiqardim va odamlar: "Qoyil, lekin u juda ozg'in," deya shivirlashardi. Endi ular menga xuddi qiyomat-qoim bo'lgandek qarashadi.
15 yoshimda mashg'ulotlar paytida bazi jamoadoshlarimga murojaat qildim. Buni juda yaxshi eslayman. Men ularga: "Bir kun kelib dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'laman," dedim.
Ular ustimdan rosa kulishdi. O'shanda hali "Sporting"ning asosiy jamoasida ham emasdim, lekin bunga ishonardim. Men chindan ham shunday vazifani amalga oshirmoqchi edim.
17 yoshimda professional futbol o'ynay boshlaganimda, onam stress tufayli o'yinimni deyarli tomosha qila olmasdi. U eski "Xose Alvalade" stadionida o'yinimni tomosha qilish uchun kelardi va katta o'yinlar paytida shunchalik asabiylashardiki, bir necha marta hushidan ketgan. Jiddiy aytyapman, hushidan ketgan. SHifokorlar faqatgina mening o'yinlarim sababli unga tinchlantiruvchi dorilarni yoza boshlashdi.
Onamdan "Futbolga qiziqmagan paytlaringizni eslaysizmi?" deb so'rayman.
Orzularim tobora kengayib borardi. Milliy terma jamoa libosini kiyishni, shuningdek, Manchesterda to'p tepshini xohlardim, chunki televizorda doimo Premer-ligani tomosha qilardim. O'yin shiddati va muxlislar kuylagan qo'shiqlar meni maftun etardi. Stadiondagi muhit o'zgacha tasir o'tkazardi. "Manchester Yunayted" azosiga aylanganim, o'zim uchun juda faxrli ish bo'ldi, lekin oilam uchun yanada faxrliroq bo'lgan bo'lsa kerak.
Dastlab, sovrinlarni qo'lga kiritish men uchun juda hayajonli edi. Manchesterda birinchi marta CHempionlar ligasi sovrinini yutganimda, g'oyatda kuchli hissiyotda edim. Birinchi "Oltin to'p"im bilan ham xuddi shunday bo'ldi. Biroq orzularim tobora kengayib borardi. Orzularning mohiyati shunda emasmi? Men har doim Madridga havas qilardim va yangi sinovlarni istardim. Madridda sovrinlar yutib, barcha rekordlarni yangilab, klub afsonasiga aylanishni xohlardim.
Madridda aql bovar qilmaydigan yutuqlarga erishdim. Ammo to'g'risini aytsam, keyinchalik faoliyatimda sovrinlar yutish boshqacha hissiyotga aylandi. Madridda hamma kubokni qo'lga kiritmasangiz, boshqalar buni muvaffaqiyatsizlik deb hisoblashadi. Bu buyuklikka bo'lgan umiddir. Bu mening vazifamdir.
Biroq ota bo'lganingizda, bu mutlaqo boshqacha tuyg'uga aylanadi. Bun tuyg'uni tasvirlay olmayman. SHuning uchun ham Madriddagi davrlarim o'zgacha bo'ldi. Men futbolchi bo'ldim, ha, lekin ayni paytda ota ham edim.
O'g'lim bilan bog'liq bir lahza borki, uni doimo aniq-tiniq eslayman.
Bu haqda o'ylaganimda, qalbimni iliqlik qamrab oladi.
Bu Kardiffda bo'lib o'tgan CHempionlar ligasining so'nggi finalida g'alaba qozonganimizdan keyingi lahza edi. O'sha kecha biz tarix yaratdik. Final hushtagidan so'ng maydonda turganimda, go'yo butun dunyoga nimadir degandek his qildim. Biroq o'g'lim men bilan birga nishonlash uchun maydonga chiqqanida... bamisoli barmoqning qarsillashidek bo'ldi. Bir lahzada butun hissiyot o'zgardi. U Marseloning o'g'li bilan yugurib yurardi. Biz kubokni birgalikda ko'tardik. Keyin qo'l ushlashib maydonni aylandik.
Bu ota bo'lgunimcha tushunmagan quvonch edi. Bir vaqtning o'zida shunchalik ko'p his-tuyg'ular kechadiki, ularni so'z bilan ifodalab bo'lmaydi. Men buni faqat Madeyrada mashq qilayotganimda onam va singlimning tribunada bir-biriga suyanib o'tirganini ko'rganimdagi his-tuyg'ularimga qiyoslay olaman.
Nishonlash uchun "Bernabeu"ga qaytganimizda, kichik Krishtianu va Marselito barcha muxlislar oldida maydonda o'ynab yurishardi. Bu men uning yoshida ko'chada o'ynaganimdan ancha farq qilardi, lekin umid qilamanki, o'g'limning his-tuyg'ulari menikiga o'xshashdir. Menino querido da família.
Bundan keyin ham faqat g'alaba qozonish — mening oliy maqsadim. Men shunday dunyoga kelganman. Ammo g'alaba qozongandan keyingi hissiyotlarim, shubhasiz, o'zgardi. Hayotimda yangi sahifa ochildi. Yangi butsalarimga maxsus so'zlar o'yib yozilgan. U tovonimning ustida joylashgan va men tunnelga chiqishdan oldin o'qiydigan so'nggi so'zlarimdir.
Bu oxirgi eslatma... so'nggi rag'bat kabidir. Unda "El sueño del niño" deyilgan.
Bolakayning orzusi.
Ehtimol, endi tushungandirsiz.
Mening vazifam har doimgidek. Rekordlarni yangilashni davom ettirmoqchiman. Iloji boricha ko'proq unvonlarga ega bo'lishni xohlayman. Bu mening tabiatimda bor.
Lekin men uchun o'tgan davrimning eng ahamiyatli tomoni va 95 yoshimda nabiralarimga hikoya qiladigan narsa - bu o'g'lim bilan qo'l ushlashib, g'olib sifatida maydon bo'ylab yurish hissiyoti.
Umid qilamanki, biz bu ishni yana takrorlaymiz.
Oqil Abdubarnoev tayyorladi.
Fikrlar
Гномниг болалари шарафсиз....)
Жумлани қара жумлани ;;;
Гномниг болалари шарафсиз....)
Жумлани қара жумлани ;;;
Гномниг болалари шарафсиз....)
Жумлани қара жумлани ;;;
Гномниг болалари шарафсиз....)
Жумлани қара жумлани ;;;
Гномниг болалари шарафсиз....)
Жумлани қара жумлани ;;;
Гномниг болалари шарафсиз....)
Жумлани қара жумлани ;;;
Гномниг болалари шарафсиз....)
Жумлани қара жумлани ;;;
Гномниг болалари шарафсиз....)
Жумлани қара жумлани ;;;
Гномниг болалари шарафсиз....)
Жумлани қара жумлани ;;;
Гномниг болалари шарафсиз....)
Жумлани қара жумлани ;;;
Гномниг болалари шарафсиз....)
Жумлани қара жумлани ;;;
Гномниг болалари шарафсиз....)
Жумлани қара жумлани ;;;
Гномниг болалари шарафсиз....)
Жумлани қара жумлани ;;;
Гномниг болалари шарафсиз....)
Жумлани қара жумлани ;;;
Гномниг болалари шарафсиз....)
Жумлани қара жумлани ;;;