So’nggi yangiliklar

13:17ПСЖ футболчиси оғир жароҳат олди  0 12:54Хайрулла Ҳамидов: "Қизил бермаслик учун ҳакамларда ҳеч қанақа талқин йўқ эди"  8 12:25Отабек Жўраев: "Кубок финалига чет эллик ҳакамларни таклиф қилиш керак эди. Масалан, Италиядан. Дон Фабио ёрдам берган бўларди деб ўйлайман"  6 11:50Суперлиганинг 26-тур ўйинларида ҳакамлик хатолари кузатилдими?  3 11:35Абдуқодир Ҳусанов кечаги ўйиндаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 10:43МЮ 21 миллионга сотган футболчисини "Барселона" 90 миллионга сотиб олиши мумкин  2 10:20Шаҳбоз Жўрабеков: "Поезд кетиб бўлди, вақт ортга қайтмайди"  11 09:52​Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким ютқазиш учун ўйнамайди. Элит ОЧЛда яхши ўйнаш керак, аммо..."  3 09:37"Барселона" юлдузи узоқ муддатга сафдан чиқди  5 09:11Андижон ҳокими, Ортиқхўжаев ва Аҳмедов. "Пахтакор"га кубок топширилган тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  19 09:00Мадриднинг "Реал" клуби Винисиуснинг келажаги борасидаги позицияси маълум   11 08:32ОЧЛ 2. "Андижон" гуруҳида пешқадам ўзгарди  3 08:06Англия лига кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  4 08:05Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" – "Бухоро" 1:0  11 07:37Суперлига. Бугун навбатдаги турга старт берилади  11

Timur Kapadze: "Muxlislar nega kam? Ushbu savolga biz ham javob qidiryapmiz. Legionerlar keyingi uchrashuvga tayyor bo'ladi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Muxlislar nega kam? Ushbu savolga biz ham javob qidiryapmiz. Legionerlar keyingi uchrashuvga tayyor bo'ladi"

CAFA Nations Cup 2-turidan o'rin olgan Turkmaniston – O'zbekiston (1:2) uchrashuvidan so'ng Timur Kapadze va Igor Sergeev matbuot anjumanida qatnashishdi.

"G'alaba bilan barchani tabriklayman. Yaxshi o'yin bo'ldi. Kurashlarga boy. Futbolchilarga ham alohida rahmat aytaman" - dedi Timur Kapadze bahs yakunlangach.

Igor Sergeev:

"Bosh murrabiyimizning gaplariga qo'shilaman. O'yinni nazorat qildik, ammo chetlatishdan so'ng biroz qiyin bo'lib qoldi. Keying uchrashuvda imkon qadar ko'proq gol urishga harakat qilammiz"

- JCHga chiqqan jamoaning o'yinlarini tomosha qilishga kam muxlis kelayotganinga nima sabab?

- Bilmadim. Yaxshi savol beryapsiz, ushbu savolga biz ham javob izlayapmiz. Yangi stadion bo'lgani sabablidir. Shahardan biroz chetroqda joylashgani uchun, jamoat transporti ham bunga sabab bo'lishi mumkin. Yaxshi stadion barpo etildi. Kelgan muxlislarga rahmat aytaman.

- Bugungi uchrashuvda kamroq o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan futbolchilar maydonga tushirildi. Qirg'iz Respublikasiga qarshi kechadigan keyingi uchrashuvda terma jamoamiz ko'proq gol urishi kerak. Keyingi bahsda asosiy tarkib maydonga tushadimi yoki Vladimir Nazarov va Avazbek O'lmasaliev kabi terma jamoa safiga endi chaqirilayotgan futbolchilarga imkoniyat beriladimi?

- Legionerlar keyingi uchrashuvga tayyor bo'ladi. Shomurodov va Fayzullaev yaqinda etib kelishdi. Keyingi bahsda legionerlar maydonga tushishi mumkin. O'zi yig'in davomida yarim jamoani tiklash bilan ovora bo'ldik. Bugun yangi futbolchilarga imkoniyat berdik va ko'rib chiqdik. Shunisi yaxshi bo'ldi. Bunday o'yinlar futbolchilarni sinab olish uchun kerak.

- Birinchi bo'lim va ikkinchi bo'limdagi taktik o'zgarishlar haqida gapirib o'tsangiz...

- Reja bor edi va biz sxemani o'zgartirdik. Birinchi bo'limni ham yaxshi o'tkazdik. Ikkinchi bo'limda esa o'yinni kuchaytirish uchun yangi futbolchilarni maydonga tushirdik. Qizil kartochka o'z so'zini aytdi. Penalti berilgan vaziyatda "aqlliroq" o'ynashimiz ham mumkin edi. Umuman olganda, ikki bo'limga ham reja tayyorlab qo'ygandik.

- Igor Sergeevga savol. Bugun MTJ safidagi 23 golingizni kiritdingiz. Shuningdek, terma jamoa safida to'rtinchi "dubl"ni qayd etdingiz. 2015 yil Fillipinga qarshi, 2020 yil BAAga qarshi, 2022 yil Qirg'izistonga qarshi va bugungi uchrashuv. Igor Sergeevga terma jamoa safida "dubl" qayd etish, bir dona gol urishdan osonroqmi? (hazil tariqasida)

- Bu haqda o'ylamaganman. Terma jamoa uchun gol urish har doim yoqimli. Bitta golmi yoki ikkita, umuman farqi yo'q. MTJda gol urish degan maqsadim ham yo'q. Terma jamoaga ko'proq foydam tegsin deyman, agar bir vaziyatda pas berganim yaxshiroq bo'lsa, o'ylab o'tirmay pas beraman, o'zim zarba berishdan ko'ra. Bu haqda o'ylamayman, bitta golmi yoki ikkita. Bosh murabbiy ko'rsatmasini bajaraman, agar bosh murabbiy himoyachilarni o'zimga tortib, yarim himoyachilarga zona ochib berishimni so'rasa, shunday qilaman. Terma jamoa uchun gol urish yoqimli, o'rtoqlik o'yinidami yoki rasmiy uchrashuvda farqi yo'q.

- Otabek Shukurovning ayni damdagi jismoniy holati qanday?

- Shukurov deyarli tiklanib bo'ldi. U jamoaviy mashg'ulotlarga qo'shilgan. Shu sababli bugun 20-30 daqiqa o'ynatdik.

- Aziz G'anievni uzoq tanaffusdan so'ng yana  maydonda ko'ramizmi?

- Aziz ham terma jamoa safiga yaqinda etib keldi. Uni ham 10-15 daqiqaga maydonga tushirmoqchi edik. Boshqa futbolchilar ham jarohatdan keyin safimizga etib kelishdi. Aliqulovda va Mozgovoyda ham kichik jarohatlar bor. Keyingi uchrashuvga tarkibimiz tayyor bo'ladi. O'yinni ham ko'rib, tahlil qilib chiqamiz. Aziz asosiy tarkibda boshlaydimi yoki zaxiradan o'yinga qo'shiladimi, aniq bilmadim. Buni vaqt ko'rsatadi.

Reyting: -15   

Fikrlar

+12   
02 sen 23:33:23
Nuriddin El Maggio
Kapadzega hech qanday husumatim yo’q. Menimcha obro’si borida sekingina postni topshirsin. Bugun oʻyinni stadiondan kuzatdim. Yigitlarda ishtiyoq yoʻq. Sayfiyevga ham rahmat aytib pensiya kuzatib qoʻysak hech kim ma’lomat qilmasa kerak. Oʻyin oʻta tartibsiz va zerikarli boʻldi. Balki kelajakda Kapadze tajriba oshirib yana Termaga qaytib kelar. Lekin hozir issig’ida Kuchli va tajribali murabbiy zarur.
+11   
02 sen 23:23:30
PFCNasaf (O‘zbekiston)
Сени ва жамоангни курсатган шунақанги расво ўйини учун стадионга келган шу 2000 дан ортиқ мухлисларни сабрига қойил қолдим.
+7   
03 sen 04:06:19
Soccerland777
Катанец учун номлар муҳим эмасди. Ким эслайди, АҚШ билан ўйиндан кейин керак бўлса Шомуродовни захирага ўтқазиб қўйиб, Абдухолиқовни тушириб Мексика билан 3:3 ўйнаганди. Ўша ўйинни халиям кзриб тураман.
+7   
02 sen 23:57:59
From Earth
Бундай расво ўйинга борганларга мукофот бериш керак. Ўтган ҳафта Копадзе термага нолойиқ десам итдек ташланган Копадзени кўрмухлислари қалайсанлар? Шу "мураббий" билан жаҳон чемпионатига бормоқчимидиларинг?
+7   
02 sen 23:51:04
Haqiqat-2
Куриб куйинглар журналист-блогерлар сиз мактаетган Кападзенинг уйин услубию узи англай олмаетган тактикасини!!! ЖЧ хеч кандай тажриба куенчаси эмас...
+7   
02 sen 23:37:10
Soccerland777
Эҳ, Катанец касал бўлиб қолмаганда... Ўзи доим шунақа... Зўр бўп кетамиз деганда нимадир юз беради.... Зўр зиёли ёзувчи, шоирлар, адиблар чиққанда қатағон қирғини, Пахтакор СССР чемпионатида энди совринли ўрин эгаллайди деганда авиаҳалокат.... Хуллас тақдир шу экан. Қодирий, Чўлпонлар яна шоҳ асар яратган бўлармиди... Пахтакор 79 дан хозир зўр мураббий ва мутахассислар етишиб чиқармиди...
+6   
03 sen 07:23:59
Аббосхужа
Бу ўйин билан ЖЧ га бориб шарманда бўлиш ҳеч нарса эмас. Кападзе барибир ўзининг сайёз ғояларини сингдиришни бошлабти.
+6   
02 sen 23:41:13
Ochilov Farobiddin
Терма жамоа бардак бўб ётибди , Сабер деган форма, дурной қизил, Алижонов, кераксиз қари футболчилар, савияси тортмайдиган футболчилар, МОҚ даги одамлар бурнини суқаётгани, албатта кимга қизиқ бунақа ўлакса футбол
+6   
02 sen 23:34:31
Americano Vespucci
Катанецга кайсидир Журналист совол берган еди" Мистер Катанец качоне кетасиз деб" Энди Кападзега хам шундай совол бериш керакми. Ахахах, кулгули, лекин мен Кападзени урнида булишни хохламасдим.
+5   
03 sen 00:50:54
Davronbek Abduvaliev
ПОЗОР, Бутун катталар асосий терма жамоамиз, Туркманистоннинг биргина жамоаси АРКАДАГ дан ташкил топган туркманларни биттагина тўп фарқи билан ғалаба қозонди, яна терма жамоада интизом йўқолган, буни биргина тормоз Сафиев исботлаб берди. Бу Сайфиев қайси жамоада ўйнасаям мана шунақа ишлари билан бутун жамоани ортга тортади. Копадзе бўлмасакан терма жамоа бош мураббийлигига, МТЖ бошига кучлироқ мурраббий масаласини хал қилиш керак.
+5   
02 sen 23:27:24
jamshid rakhmonov
Яхши ўйин бўлмади мистер Кападзе!
+4   
03 sen 00:00:50
Азаматбек N1
Qani edi Keyrushni olib kelganda edi. Oman ni o'yinini ko'rdim. Futbolchilar nima xohlashini bilib o'ynayabdi. Bir biriga aniq aniq uzatmalar, kombinatsion o'yin. Bo'lmasa asosiy tarkibdan ko'pchilik yo'q. Mana buni trener imzosi deydi. Kopadzeda shu narsa ko'rinmayapti. Nimaga o'zini yaxshi tomonlarini ko'rsata oladigan futbolchilarni tushurmasdan o'zini faqat topib olganlarini tushuradi. Termada faqat munosiblar o'ynashi kerakku!!!!!! Hozir qaysi xorijlik murabbiy bor ekanki shularni joyiga qo'yadigan?? Zidanni kelishi imkonsiz u Fransiyani oladi baribir. Klopp termalarda ishlamagan. Balki Xavini sinab ko'rish kerakdir. Lekin Bentu ham yaxshi variantku!!! Har holda termalarda ishlash tajribasi bor!!
+3   
03 sen 12:05:20
Akramjon Halilov
Ҳамма журналистлару таҳлилчилар Темурни мақташ билан овора, мана кўрасизлар октябрь, ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашувларида мағлубиятдан сўнг кетлари очилиб қолади.
Ана ундан кейин хориждан мураббий обкелиш керак деб айюҳаннос солишади ўша миясига ақллари сиғмай қолганлар...
+3   
03 sen 09:35:57
Zohidjon Usarov
Битта пас билан хужумчини бирга бир вазиятга чикарадиган уйинчи йук ёнга оркага паслар, ракиб бу холатда бемалол хаммани ёпиб химояланади.
+3   
03 sen 00:17:31
G'ulom Murodovich
Qirg'izlar yeb tashlaydi bu jamoani. Kapadze disert. Qisqasi Kapadze aut.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика