Shahboz Jo'rabekov: "Poezd ketib bo'ldi, vaqt ortga qaytmaydi"
30 okt 10:20
Yangiliklar
Shahboz Jo'rabekov: "Poezd ketib bo'ldi, vaqt ortga qaytmaydi"
"Bu o'yin biz uchun har taraflama muhim edi. Birinchidan, o'z nomimizni tarixga yozdirib qo'yishimiz mumkin edi, keyin esa OCHL 2 musobaqasiga yo'llanmani qo'lga kiritib, muxlislarini xursand qilish imkoniyatimiz bor edi. To'g'ri, finalda "Paxtakor" favorit edi, ammo bir o'yinda har narsa ro'y berishi mumkin. Bahs teng kurashlar ostida kechdi. Muxlislar ham buni tasdiqlaydi, deb o'ylayman. "Buxoro" o'zidan-o'zi finalga qadar etib kelmaganini isbotladi. Finalda g'alaba qozonish nasib etmagan ekan. To'xtab qolish yo'q, oldinda yana o'yinlar bor", - dedi Jo'rabekov final haqida.
"Inobatga olinmagan golni tushunmadim, ochig'i. Poezd ketib bo'ldi, qancha gapirmaylik vaqt ortga qaytmaydi. Vaziyatni tahlil qiladigan hakamlarimiz bor", - deya fikr bildirdi futbolchi "Buxoro"ning bekor qilingan goli haqida.
"Hojiakbar bilan ko'p to'qnash keldik. U hozirgi kunda MTJ etakchilaridan biri. Maydonda esa haqiqiy jang bo'ldi. Alijonov sovuqqon va juda kuchli futbolchi. U o'z jamoasi, men ham o'z jamoam uchun foyda keltirishga harakat qildik, xolos", - dedi Shahboz Jo'rabekov Hojiakbar Alijonov bilan bo'lgan raqobat haqida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar
Голдо офсайд бошқа ўйинчида эди Қулматов бош билан паст берди Лекин 93 рақамли ўйинчи қоидани бузиб химоячига халақит қилди
2-давро Пахтакор:Бухоро 4-0
Кубок финал Пахтакор-Бухоро 1-0 .
Бу шунчаки кути куйиб кетганлар учун статистика холос.