Saudiya Arabistoni Jahon chempionati o'yinlari uchun bepul chiptalar tarqatadi

Оқил Абдубарноев
4 iyun 2026, 12:45
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi bo'lajak futbol bo'yicha Jahon chempionati arafasida o'z muxlislariga kutilmagan imkoniyatni taklif etdi.

Qirollik terma jamoasini qo'llab–quvvatlash uchun tashrif buyuradigan ishqibozlarga turnir uchrashuvlari uchun bepul chiptalar taqdim etiladi. Bu haqda Saudiya Arabistonining AQSHdagi elchixonasi rasmiy bayonot e'lon qilib, muxlislarni milliy terma jamoani qo'llab–quvvatlashga chaqirdi.

OAV ma'lumotlariga ko'ra, bunday qaror Xalqaro futbol federatsiyasining ayrim uchrashuvlardagi tomoshabinlar soni bilan bog'liq xavotirlari tufayli qabul qilingan bo'lishi mumkin. Tashkilot turnir o'yinlari to'liq anshlag bilan o'tishiga alohida ahamiyat qaratmoqda.

Takidlash joizki, bunga o'xshash tajriba o'tgan yili AQSHda bo'lib o'tgan klublar o'rtasiy Jahon chempionatida ham qo'llanilgan edi. O'shanda ayrim uchrashuvlarga bo'lgan qiziqishni arttirish maqsadida turli chegirmalar va bepul chiptalar taqdim etilgandi.

Bo'lajak Jahon chempionati AQSHda o'tkazilishi munosabati bilan, tashkilotchilar tribunalarning to'lib toshishini taminlash maqsadida qo'shimcha marketing choralarini amalga oshirishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: SAFF