

- "Paxtakor" nazariy jihatdan favorit, "Buxoro" esa autsayder sifatida qaralmoqda. Ertangi final haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?
- Bunday savollarni ko'p berishadi. Nima ham berdik, bu final. Finallar esa hech qaysi o'yinlarga o'xshamaydi. Maydonga tushib, bor kuchimizni tashlaymiz. Finaldan oldin ko'p gapirib yuborish yaxshi emas. Maydonda ko'rsatish kerak.
- "Buxoro" himoyachilariga ertaga sizga qarshi personal himoya uslubini qo'llashi mumkin. Ushbu holatdan qanday chiqib ketmoqchisiz?
- Ayrim jamoalar hali hamon shunday o'ynaydi, ammo bunga qarshi echim ham o'ylab topilgan. To'g'ri ochilish va aqlli o'yin qilish. Agar shunday o'ynashsa, men ham boshqacharoq o'ynayman. Bu men uchun yangilik emas. O'zimni maqtamoqchi emasman, ammo O'zbekistonda hujumchini personal qo'riqlash va imkon qadar unga xalal berish holatlari ko'p uchrab turadi. Muhimi vaziyatdan to'g'ri chiqib kyetish.




