

"Sport Bible"ning xabar berishicha, "Atalanta"dan Edersonni olib kelayotgan manchesterliklar Manuel Ugarte, Joshua Zirkzee va Andre Onanani sotishga tayyor.
Kazemiroga o'rinbosar bo'lishi kutilayotgan yarim himoyachidan tashqari "Manchester Yunayted" markaziy himoyachi, chap qanot himoyachisi, ikki yarim himoyachi, chap qanot vingeri va markaziy hujumchini olib kelish niyatida.
Eslatib o'tamiz, Maykl Kerrik boshchiligidagi mankunianliklar keyingi mavsum APLda 3-o'rinni egallab, Chempionlar Ligasisiz o'tgan ikki mavsumlik seriyaga chek qo'ydi.
Shuningdek, Ederson bilan shartnoma tuzish uchun 35 million funt kerak bo'lishi ma'lum - "Atalanta" aynan shuncha pul so'ragan va bu shartlar "Manchester Yunayted"ning imkoniyatlariga mos keladi.



