"Alyo, ref!" finaldagi bahsli epizodlarni tahlil qildi
29 okt 22:53
Yangiliklar
"Alyo, ref!" finaldagi bahsli epizodlarni tahlil qildi
"Buxoro" darvozasiga penalti belgilanishi mumkin bo'lgan vaziyat:
- Juda murakkab vaziyat. O'yin davomida, dinamikada qaralganda, penaltidek ko'rinadi. Ko'pchilik hakamlar, ehtimol, darhol penalti belgilardi. Lekin VAR orqali ko'rib chiqilganda ayon bo'ladiki, hujumchi himoyachi qaerdaligini taxmin qilib, to'pni oyog'i bilan himoya qilishga uringan. Birinchi takroriy vaziyatda ko'rinib turadiki: hujumchi orqaga va yonga, yani himoyachi tomon qadam tashlaydi. Shu bilan u go'yoki kontaktga o'zi tashlayotgandek bo'ladi. "Buxoro" himoyachisi esa faqat to'p sari harakat qilmoqda, to'p uchun kurashga kirishmoqchi.
Hozirgi hakamlikdagi tendenciyalar shundayki, agar to'p hujumchi va himoyachi uchun deyarli bir xil masofada bo'lsa va hujumchi fol olishga, penalti ishlab olishga urinib, biroz bo'lsa ham o'zini qasddan kontaktga tashlasa, o'yinni davom ettirish kerak. Hakam qarori to'g'ri bo'lganini qo'llab-quvvatlayman.
Bashar Resanning ehtimoliy qizil kartochka olish vaziyati haqida:
– Bu qarorni ham qo'llab-quvvatlash mumkin. “Paxtakor” o'yinchisi to'pni egallashga uringan va oyog'ini erga qo'yish chog'ida raqibning oyog'i ustiga bosib olgan. Yaxshiki, "Buxoro" o'yinchisining oyog'i erga juda chuqur qo'yilmagan — aks holda u jiddiy jarohat olishi mumkin edi. Shuningdek, "Buxoro" futbolchisining oyog'i yomg'irli maysa sababli biroz sirpangandek tuyuladi. Agar “Paxtakor” o'yinchisi butsaning barcha tishlari bilan raqibning oyog'iga bosib, kuchliroq bosim bilan harakat qilganida, qizil kartochka haqida gapirish mumkin edi.
“Buxoro” jamoasining bekor qilingan goli bilan bog'liq vaziyat haqida:
– Bu erda ofsayd bo'lishi mumkin bo'lgan ikki epizod bor edi, shuning uchun hakam har ikkisini ham tekshirdi. Birinchi fazada “Buxoro”ning 93-raqamli o'yinchisi (Kolakovich) ehtimol, ofsayd holatida bo'lgan. Darvoza ortidan olingan lavhada u “Paxtakor” o'yinchisining harakatiga biroz xalaqit bergandek tuyuladi. Ikkinchi fazada esa “Buxoro”ning 22-raqamli futbolchisi (Tabatadze) to'pga tekkan-tegmagani va agar tegmagan bo'lsa, epizodga tasir qilgan-qilmagani ko'rib chiqildi.
Hakam qarorni birinchi epizod bo'yicha qabul qildi. VAR orqali ko'rib chiqqanidan so'ng, u o'z qarorini stadiondagi ovozli aloqa orqali elon qildi. Bu qarorga qo'shilish lozim, chunki “Buxoro”ning 93-raqamli o'yinchisi raqib bilan haqiqatan ham kontaktga kirishgan. Agar u shunday harakat qilmaganida, “Paxtakor” himoyachisi havodagi kurashga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rib, epizodni yutqazmasligi yoki kamida raqibga faolroq qarshilik ko'rsatishi mumkin edi.
Umuman olganda, ikki qismdan iborat bo'lgan bu murakkab vaziyatni xulosa qilsam, golni bekor qilish qaroriga to'liq qo'shilaman. Birinchi fazadagi ofsayd (Kolakovich ishtirokida) savollar tug'dirishi mumkin. Ammo, agar u erda ofsayd yoki qoida buzilish bo'lmagan taqdirda ham, gol baribir ikkinchi fazadagi ofsayd (Tabatadze ishtirokida) sababli bekor qilinishi kerak edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar
Бу Уйинда кучли Таниш блишчилик бор эди. Албатта Пахтакор фойдасига.
БУХОРА ЧЕМПИОН БИЗ УЧУН.
Ҳужумда Игорь тахта))