So’nggi yangiliklar

08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  0 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  4 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  5 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3

"Paxtakor" goli inobatga olinmagan "Buxoro"ni mag'lub etib, O'zbekiston kubogi sohibiga aylandi Yangiliklar

"Paxtakor" goli inobatga olinmagan "Buxoro"ni mag'lub etib, O'zbekiston kubogi sohibiga aylandi

O'zbekiston kubogi finali yakunlandi.

O'zbekiston kubogi

Final 

"Paxtakor" – "Buxoro" 1:0

29 oktyabr. Andijon. "Bobur Arena". 18:30

Bosh hakam: Nayim Qosimov

Yordamchi hakamlar: Zufar Eliboev, Farhod Usmonov

Zaxira hakami: Timur To'xtasinov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

VAR: Asker Najafaliev

AVAR: Anvar Marajabov

Komissar: Jalolxon Inog'omxo'jaev

Gollar: 1:0 – 63, Hojimat Erkinov (Hojiakbar Alijonov)

"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 7.Hojiakbar Alijonov, 10.Aziz Turg'unboev (21.Bashar Resan, 72), 11.Igor Sergeev (94.Brayan Riaskos, 89), 15.Hojimat Erkinov (17.Doston Hamdamov, 81), 23.Abdurauf Bo'riev, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 50.Flamarion (9.Ibrohim Ibragimov, 81), 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 77.Dilshod Saitov.

Zaxira: 19.Jonatan Luis, 2.Behruz Asqarov, 18.Bobir Abdixoliqov, 20.Dilshod Abdullaev, 22.Umar Adhamzoda

"Buxoro": 21.Otabek Boymurodov, 2.Izzatillo Po'latov, 5.Sardor Qulmatov, 10.Azizbek Amonov, 17.Javohir Ro'ziev, 22.Toma Tabatadze, 25.Frane Chiryak (6.Ravshan Xayrullaev, 76), 27.Muhammad Yo'ldoshev (33.Yosip Tomashevich, 76), 93.Marko Kolakovich, 94.Frane Ikich, 97.Shahboz Jo'rabekov (88.Dominik Begich, 64)

Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 8.Anvarjon Jo'raev, 9.Amirbek Saidov, 11.Ibrohim No'monov, 19.Bilol Tupliev, 95.Nodir Ahmadjonov.

Ogohlantirishlar: Frane Chiryak (52), Muhammadqodir Hamraliev (72), Bashar Resan (78), Ibrohim Ibragimov (84), Jonatan Luis (90+19)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+19. Zaxirada o'tirgan Jonatan Luis ogohlantirildi.

90+13. Ikki jamoa o'rtasida yana janjal yuzaga keldi.

90+11. VAR monitori orqali vaziyatni ko'rgan hakam Kolakovichni o'yindan tashqari holatda qolgan deb topdi va golni inobatga olmadi.

Hakam VAR monitori orqali vaziyatni ko'rib chiqmoqda.

Gol VAR tomonidan tekshirilmoqda.

90+3. GOL! "Buxoro" hisobni tenglashtirdi! Standartdan boshlangan hujumni zaxiradan maydonga tushgan Tomashevich mukammal yakunladi, u bosh bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi!

90+2. Ikki jamoa futbolchilari o'rtasida janjal yuzaga keldi.

90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shildi.

89. "Paxtakor"da o'zgarish.

87. "Buxoro"ning standart vaziyati Qulmatovning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

86. Qulmatovning bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq.

84. Ibragimov raqibga to'pni o'yinga kiritishga xalaqit bergani uchun ogohlantirildi.

81. "Paxtakor"da ikki o'zgarish.

80. Xayrullaevning zarbasi noaniq.

78. Hakam qarori: Resanga sariq kartochka ko'rsatildi.

77. Hakam VAR monitorida ehtimoliy chetlatishni ko'rib chiqmoqda. Resan maydondan chetlatilishi mumkin.

76. "Buxoro"da ikki o'zgarish.

75. Amonovning burchak uzatmasi Qulmatovning zarbasi bilan yakunlandi, noaniq.

72. Hamraliev qoidabuzarlik uchun ogohlantirildi.

72. "Paxtakor"da o'zgarish.

70. Zarba! Po'latovning zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

69. "Buxoro" futbolchisining chap qanotdan uzatmasi Nazarovdan o'tmadi.

65. Tabatadzening zarbasi "Paxtakor" himoyachisidan o'tmadi.

64. "Buxoro" tarkibida o'zgarish.

63. GOL! Erkinovning zarbasi rekoshet hosil qilib, "Buxoro" darvozasiga borib tushdi!

60. Alijonovning uzatmasidan so'ng jarima maydonidagi Flamarion to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi.


58. Zarba! Jo'rabekovning jarima maydonidan yo'llagan zarbasi noaniq.

56. Erkinov hujumda Qulmvtovga nisbatan fol ishlatdi.

To'p nazorati (%): 69-31

52. Frane Chiryak qo'pollik uchun ogohlantirildi.

52. "Buxoro"ning tezkor qarshi hujumini Hamraliev yo'qqa chiqardi.

51. Saitovning uzatmasidan so'ng Erkinov bosh bilan zarba yo'lladi, noaniq.

49. Zarba! Flamarionning burchakdan uzatmasidan so'ng Abdumajidov bosh bilan zarba yo'lladi. Boymurodov to'pni egalladi.

48. Alijonovning jarimadan uzatmasi Ikich maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45+2. Alijonovning chap oyoqda yo'llagan zarbasi Qulmatovdan qaytdi.

VAR vaziyatni ko'rib chiqdi. O'yin davom ettiriladi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.

45. Flamarion "Buxoro" jarima maydonida yiqildi. Hakam o'yinni davom ettirishga ko'rsatma berdi. 

43. Zarba! "Buxoro"ning jarima uzatmasi zarba bilan yakunlandi. Nazarov to'pni egalladi.

41. Amonovning jarimadan uzatmasi qaytarildi.

38. Nazarov bosim ostida to'pni qiyinchilik bilan tepib yubordi.

35. "Buxoro"ning jarimadan uzatmasi qiyinchilik bilan qaytarildi.

32. Amonovning zarbasi noaniq.

31. Amonovga nisbatan Bo'riev fol ishlatdi.

29. Jo'rabekov raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borishi mumkin edi, Hamraliev ildamroq harakat qildi. "Buxoro" yarim himoyachisining zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

29. "Buxoro" jarima maydoniga uzatilgan to'pni Boymurodov egalladi.

25. Flamarionning burchak uzatmasini Qulmatov bartaraf etdi.

24. Zarba! Flamarionning jarima maydonidan yo'llagan zarbasini Boymurodov qaytardi.

24. Saidovning chap qanotdan uzatmasini Ikich qaytardi.

22. "Paxtakor" standart vaziyatga ega bo'ldi. Alijonovning jarimadan uzatmasidan so'ng to'p Sergeevdan maydonni tark etdi.

To'p nazorati ayni damda (%): 70-30

18. "Paxtakor"ning chap qanotdan uzatmalari qiyinchilik bilan bartaraf etildi.

15. Turg'unboev hujumda Kolakovichga nisbatan fol ishlatdi.

14. Jo'rabekov Alijonovga nisbatan fol ishlatdi.

12. To'p hakamga tegdi. "Paxtakor" to'pni o'yinga kiritadi.

11. Turg'unboevning chap oyoqda yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

10. Jo'rabekovning autdan uzatmasini "Paxtakor" himoyachisi qaytardi.

7. Boymurodov to'pni o'yinga kiritishda sirpanib ketdi.

6. Qulmatov va Erkinov og'zaki bahslashdi. Hakam tartibga chaqirdi.

5. Jo'rabekovning autdan uzatgan to'pni Nazarov egalladi.

4. Nazarov sherigiga to'p uzatishda xatoga yo'l qo'ydi.

3. "Paxtakor" foydasiga jarima zarbasi belgilandi. Alijonovning uzatmasini Amonov qaytardi.

1. Turg'unboev Yo'ldoshev bilan to'qnashib ketdi.

1. O'yinni "Buxoro" futbolchilari boshlandi.

Jamoalar maydonda saf tortdi. "Paxtakor" to'q binafsharang, "Buxoro" oq rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: -35   

Fikrlar

+31   
29 okt 20:12:55
Тохир Гайибов
Кизил бериш кк 5-га.
+29   
29 okt 20:38:28
Шухрат
Поддержка каттиг булди пахтакорга
+28   
29 okt 20:54:06
LENEKER
Канноваро хам нохаклик булганидан хафа
+27   
29 okt 20:55:15
FK Nasaf 2020
ВИДЕО  Рўзиқул Бердиев: "Нефтчи" чемпион бўлса, қаҳрамонларни майдондан излаш керак эмас. Менинг ҳолатимга тушиб кўрсангиз биласиз". . мана бизга нима учун ривожланмайди йукотинглар бунака футболни шу хам футболми очикчасига фитбал тугрими уфф гап йук силарга эссиз шунча харажат силарга патакор чимпион патакор кубик сохиби зур аааа уфф
+27   
29 okt 20:14:26
UzbekistanTeamFcc
Хакамга 2 бахо. Финалга номуносиб хакам. Пахтакор фойдасига пеналти бермади, бухоро фойдасига қизил карточка бермади.
+27   
29 okt 20:09:53
Shavkat Tojiaxmatov
Қизил бор.
+26   
29 okt 20:37:55
Dilshod 441
Офсайд ҳам варга бориб куриладими, бу ерда нимадир бор... Эртага Равшанбой Эрматов хакамини оқлаб чикади қискаси пазоррррр
+25   
29 okt 20:45:41
AbdugofforRuhsora
Колакович офсайдда бўлса, нега 7 минут хакамТабатадзени кўрди????? Ким бу саволга жавоб беради
+25   
29 okt 20:42:05
TOMJIQ_OLOT
93-рақамли футболчи офсайдда эканлиги учун тоза голни ҳисобланмади. Аммо, лекин, бироқ, ўша 93-рақамли футболчи гол жараёнида умуман ИШТИРОК ЭТМАГАНДИКУ! Шу даражада ҳам адолатсизлик бўладими ахир?
+24   
29 okt 20:22:30
Мирхан
ШУНАКА ХАКАМЛАРНИ БИР УМРГА ЧЕТЛАТИШ КЕРАК ФУТБОЛДАН
+23   
29 okt 20:56:48
Акрамжон
Кушимча тайм булганда Бухоро ютиб куйарди деб куркди хакам!!! Агар хиоблаганда Ортикхужаев итарарди! 93 даги уйинчи умуман катнашмадию голда?! Нагли чопишдинг Бухорони!!! Голди хисоблаб, экстра таймда Пахтакор ютвоганида тан берардим!! Бу масхабозликни бошида турган Эрматов бн Диерга пазор, аут!!!!
+22   
29 okt 20:53:51
Ulugbek Saatov
Хакам ютди, кубокни хакамга беринглар!!!!
+21   
29 okt 20:53:25
uzb
Буларни уялмай стадион буйлаб айланишига қарангла ))))
+21   
29 okt 20:48:26
Ishqiboz Muhlis
Пахтакор мухлиси бўлсам ҳам айтаман. Бундай харом ютуқ керак эмас эди. Хакамлар яна ўйнади. Ифлос хакам ўйини бўлди.
+21   
29 okt 20:13:09
Michael
200% qizil edi.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика