"Sabah" bosh murabbiyi - "Barselona"dan uchralgan 1:4 hisobidagi mag'lubiyat haqida: "Jamoamga faqat minnatdorlik bildira olaman"

26 noya 2026, 09:20
"Sabah" bosh murabbiyi Valdas Dambrauskas 2026/2027 yilgi UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 5-turi doirasida "Barselona"ga qarshi kechgan o'yin (1:4) uchun o'z jamoasiga minnatdorlik bildirdi.

"Kecha dunyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi bor kuchimizni yoki undan ham ko'prog'ini berishimiz kerakligini aytgandim, ammo hatto bu ham etarli bo'lmasligi mumkin. Men futbolchilarimga faqat minnatdorlik bildira olaman. Ular bilan chin dildan faxrlanaman.

O'yin rejamiz yomon ishlamadi - ayniqsa birinchi bo'limda, biroq ikkinchi taymda 10 daqiqa ichida uchta gol o'tkazib yubordik va bu vaziyatni jiddiy ravishda murakkablashtirdi. Shunga qaramay, biz taslim bo'lmadik. "Barselona"ni tabriklayman. Biz bundan saboq chiqarishimiz va oldinga intilishimiz kerak", - deya Dambrauskasning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

O'xshash yangiliklar

Manba: UEFA.com