ECHL. Hafta futbolchisiga kimlarning nomzodi qo'yildi?

26 noya 2026, 08:55
UEFA Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi unvoniga nomzodlar ro'yxatini e'lon qildi.

Mukofot uchun "Leyptsig" vingeri Antonio Nusa, "Real" hujumchisi Kilian Mbappe, "Barselona" forvardi Entoni Gordon hamda "Betis" hujumchisi Kucho Ernandes da'vogarlik qilmoqda.

Nusa va Ernandes turnir umumiy bosqichi 5-turi doirasida mos ravishda "Lans" (3:1) va "Slovan"ga (2:0) qarshi o'yinlarda dubl qayd etishdi. Mbappe ham PSVga qarshi kechgan bahsda (5:1) ikkita gol urdi va bitta golga assistlik qildi. Gordonning hisobida ham "Sabah"ga qarshi uchrashuvda dubl bor.

O'xshash yangiliklar

Manba: UEFA.com