Kamoliddin Tojiev: "Hozir eng baxtli insonman"
29 okt 2025 23:07
Yangiliklar
Kamoliddin Tojiev: "Hozir eng baxtli insonman"
"Kecha ham qiyin o'yin bo'lishi haqida aytgan edim. O'yin bir golgacha davom etadigan edi, shunday ham bo'ldi. Barchani tabriklayman" - dedi Kamoliddin Tojiev finaldan so'ng.
"Barcha muxlislarimizni tabriklayman. O'yin qiyin kechdi va bunday bo'lishini bilardik. O'zimizga kerakli natijani qo'lga kiritdik", - dedi Hojiakbar Alijonov.
Hojiakbar Alijonovga savol
— Bahsli epizodlar nima sababdan kelib chiqdi?
— Men ham tushunmadim nega bunday to'polon qilishganini. Menimcha, bunday futbol o'ynash yaxshi emas.
— Bashar Resan nega bugun zaxirada qoldirildi?
— O'tgan o'yin to'liq 90 daqiqa harakatlangan edi. Bu safar tayyor futbolchilarni maydonga tushirdik. Bashar "Xorazm"ga qarshi o'yinda ko'p kuch yo'qotgandi.
— Bashar Resan qizil kartochka olganda sizda "B" plan bormidi?
— Yo'q. Chetlatish haqida o'ylamagandik. Bir o'sha vaziyatda 1:0 hisobida g'alaba qozonayotgan edik. Agar chetlatish bo'lganida, zaxiradan yana bir himoyachini maydonga tushirishga tayyor edik va hisobni ushlab qolishga harakat qilardik.

Hojiakbar Alijonovga savol
— Shahboz Jo'rabekov bilan maydonda ko'p to'qnash keldingiz. Ikki futbolchi o'rtasidagi bunday shiddatli o'yinga nima sabab bo'ldi?
— Jo'rabekov bosh murabbiy ko'rsatmasini bajardi deb o'ylayman. Maydonda chog'imiz raqib bosh murabbiyi menga yaqinroq o'ynash kerakligini maslahat berdi. Menimcha, shu sabab. Qiyin bo'ldi.
— Bir vaziyatda siz va Xomyakov o'rtangizda muloqot bo'ldi. O'sha vaziyatda qanday muloqot kechdi?
— Bu futboldagi oddiy bir holat. Xomyakov o'z fikrini aytdi, men esa o'zimning fikrimni bildirdim.
— "Buxoro"ning bekor qilinganini golining takrorini ko'rdingizmi?
— Yo'q, hali ko'rganim yo'q. Yordamchilar aytishi bo'yicha ikkita ofsayd bo'lgan ekan.
— Murabbiy sifatidagi dastlabki sovrinni qo'lga kiritdingiz. Rahbariyat bugungi sovrin uchun qanday rag'batlantirish vada qildi?
— Hali hech kim bu haqda gapirmadi.
— Yil boshida jamoada emas edingiz. Bosh murabbiy sifatidagi ilk sovrinni yutdingiz. Bugungi o'yindan so'ng nimalarni his etdingizmi? Qanday hissiyotlar o'tdi?
— Hozir eng baxtli insonman, ochig'i. Bu juda katta yutuq va men juda xursandman. Yigitlarga rahmat aytaman. Senlar o'zlaring imkoniyat bermasalaring, hech kim senlarni enga olmaydi deb aytib kelaman.

— Hojiakbar Alijonov
"Doktorimizga ham rahmat. Iltimos, ushbu so'zlarimni etibordan chetda qoldirmanglar. Ushbu gap o'zlariga etib borsin"
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar
Ҳужумда Игорь тахта))
2)Ro‘ziqul berdiyev kamol tojiyevga qarata aytgan gaplari ey kamol xozir og‘zinga be......man ????????