PSJ futbolchisi og'ir jarohat oldi
30 okt 2025 13:17
Yangiliklar
PSJ futbolchisi og'ir jarohat oldi
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike franciyalik vinger Dezire Duening "Loryan"ga qarshi o'yinda (1:1) olgan jarohati haqida gapirdi.
Enrike klub matbuot xizmatiga Duening juda noodatiy jarohat olganini, bu esa yosh futbolchining ahvolini oldindan aytib berishni qiyinlashtirganini aytdi.
"Umid qilamanki, Duening jarohati jiddiy emas. Biz kutishimiz va tekshiruv natijalari qanday bo'lishini ko'rishimiz kerak", – deb qo'shimcha qildi ispaniyalik mutaxassis.

Shifokorlarning tashxisi hozircha nomalum, ammo bir qator nashrlar futbolchi o'ng sonidan jiddiy jarohat olgani haqida yozmoqda.
Eslatib o'tamiz, Due "Loryan" bilan o'yinning ikkinchi bo'limi o'rtalarida jarohat oldi. O'yin 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Dezire Due ushbu mavsum 8 o'yinda 3 ta to'p kiritdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar