Osiyo Kubogi-2025 final bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi - O'zbekiston "A" guruhidan o'rin oldi Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2025 final bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi - O'zbekiston "A" guruhidan o'rin oldi

Bir necha daqiqa oldin Xitoyda Osiyo Kubogi-2025 qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Xitoyning Xux-Xota shahrida o'tgan marosim natijalariga ko'ra, futzal bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi "A" guruhida mezbon Xitoy, Avstraliya hamda Xitoy Taypei bilan kuch sinashadi.

Eslatib o'tamiz, mazkur musobaqa 7–18-may kunlari Xitoyda o'tkaziladi va joriy yilning noyabr-dekabr oylarida Filippinda bo'lib o'tadigan ayollar futzali bo'yicha ilk FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini o'tab beradi. Musobaqaning eng yaxshi 3 ta jamoasi tarixiy mundialda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика