

Avvalroq “qirollik klubi" rahbari fransiyalik futbolchi transferi uchun 150 million evro to'lashga tayyorligi haqida xabar berilgan edi.
Shuningdek, avvalroq jurnalist Ramon Alvares Olisening "Real"ga o'tishni xohlayotganini takidlagan edi.
Olise o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 52 ta o'yinda ishtirok etib, 22 ta gol va 31 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 150 million evroni tashkil etadi.



