Dunga Vinisiusning qiyofadoshi yo'qligiga ishontirdi

Sherzod Nurmatov
12 noya 2026, 14:25
Braziliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Dunga "SE" nashriga bergan intervyusida "Real" hujumchisi Vinisiusning qiyofadoshi borligi haqidagi nazariyaga munosabat bildirdi.

- Bunday holatda Rossiyada texnikasi jihatidan Vinisius yoki Neymarga o'xshaydigan biror futbolchi bormi?

- Bizda hatto Braziliyaning o'zida ham Neymarga o'xshaydigan hech kim yo'q (kuladi).

- Vinisius haqida gap ochilgan ekan. Uning haqiqiy emasligi (o'rniga qiyofadoshi o'ynayotgani) haqidagi versiyaga ishonasizmi?

- Yo'g'-e, bularning bari futbol cho'pchaklari. Shunchaki maydonda natija bo'lmaganida, darhol turli mish-mishlar boshlanadi.

2.jpg

Dunga - Braziliya terma jamoasining sobiq sardori, jahon chempioni hamda futbolchi va murabbiy sifatida Amerika Kubogining uch karra sohibi. U 2006 yildan 2012 yilgacha Braziliya terma jamoasini boshqargan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Спорт-Экспресс