Tennis yulduzi Vinisiusdan dastxat tushirilgan butsa sovg'a oldi (FOTO)

Aslanov Jasurbek
25 noya 2026, 18:33
"Katta Dubulg'a" turnirlarining etti karra chempioni, dunyoning uchinchi raketkasi ispaniyalik tennischi Karlos Alkaras Madridning "Real" klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Juniordan dastxat tushirilgan butsani sovg'a sifatida qabul qilib oldi.

Alkaras ushbu suratni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirdi.

"Katta rahmat!" - deya surat ostiga izoh qoldirdi tennischi. Vinisius esa postni o'z sahifasida ulashib, "mening birodarim" deya yozib qo'ydi.

image_2026-11-25_18-32-12.png

22 noyabr kuni Alkaras Italiyaning Turin shahrida bo'lib o'tgan ATP Yakuniy turnirida g'olib chiqdi. Finalda u germaniyalik Aleksandr Zverevni 6:2, 7:6 (9:7) hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 2026 yilgi mavsumda Karlos, shuningdek, Australian Open musobaqasida ham zafar quchgan.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: https://www.instagram.com/carlitosalcarazz/