

28 yoshli futbolchiga Londonning "Chelsi" klubi qiziqish bildirmoqda. Ma'lum qilinishicha, "ko'klar" Kundeni Malo Gyustoga ehtimoliy o'rinbosar sifatida ko'rib chiqmoqda. Shu bilan birga, "Barselona" yanvar oyida tarkibni kuchaytirish uchun mablag' olish maqsadida o'z futbolchisini qo'yib yuborishga tayyor. Kundening o'zi ham "Chelsi"ga o'tishga tayyor, u "Kamp Nou"ga o'tishdan oldin London klubiga o'tishga yaqin edi.
28 yoshli Kunde joriy mavsumda barcha musobaqalarda sakkizta o'yinda ishtirok etib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.



