Timur Kapadze: "Gvardiola Husanovni darhol "olov"ga tashladi"
06 fev 12:30
Yangiliklar
Timur Kapadze: "Gvardiola Husanovni darhol "olov"ga tashladi"
"Abduqodir Husanov uchun xursand bo'ldik. Bu o'z o'zidan bo'lgani yo'q. Bunday klublar futbolchilarni tavakkal olishmaydi. Kuchli klub, kuchli murabbiy Husanovni o'z safiga chaqirgani bu ajoyib.
Hech kim Husanovning bunchalik tez debyut qilishini kutmagandi. Futbolchi moslashish jarayonini o'tishi kerak. Ko'rdikki Gvardiola uni darhol "olov"ga tashladi. To'g'ri boshida xato bo'ldi, hozir ko'rib turibmizki necha yillardan beri APLda o'ynayotgan futbolchilar ham xato qilishmoqda. Keyin yana xato bo'ldi va sariq kartochka oldi. Agar ruhiy tomonlama kuchli bo'lmasa futbolchining o'yini orqaga ketardi. Husanov o'ziga keldi va jamoadoshlari yordamida bu vaziyatdan zo'r chiqib ketdi. O'zbek o'g'lonini dunyoning eng kuchli 4-5 klubidan biri o'z tarkibiga qo'shib olish uchun kattagina summa sarflayotgani odamni xursand qiladi", - dedi Timur Kapadze.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. Ҳакамга тиббий ёрдам кўрсатилган ўйинда "Андижон" 3-марта 0:0 ҳисоби қайд этди. Бу галги рақиб – "Ал Ҳалдия"
Арда Гюлер: "Алонсо дарвозада турасан деса, қўлқоп сотиб оламан"
Суперлига. "Пахтакор" финал олдидан меҳмонда "Хоразм"ни енгди, икки жамоа ўйинни 10 киши тугатди
Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Динамо" устидан ишончли ғалабага эришди
Fikrlar