Anchelotti o'zidan kuchli bo'lgan uch nafar murabbiy nomini aytdi
09 noy 2024 10:32
Yangiliklar


Anchelotti o'zidan kuchli bo'lgan uch nafar murabbiy nomini aytdi
Real Madrid bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o'zidan ustun bo'lgan uch nafar murabbiy nomini aytdi.
«Men 30 yillikning eng yaxshi murabbiyiman deb o'ylamayman. Men ko'p narsalarga erishdim, biroq mendan zo'rlar ham bor. Aleks Fergyuson, Pep Gvardiola va Valeriy Lobanovski kabi murabbiylarni o'zimdan tepaga qo'yaman», — deb fikr bildirdi Anchelotti.
Malumot uchun, «Don Karlo» murabbiylik faoliyatini 1996 yilda boshlagan. U murabbiylik faoliyatida Evropa superkubogini yutish bo'yicha (unda bunday kuboklardan beshta) rekordchi hisoblanadi. SHuningdek, italiyalik mutaxassis 5 marta ECHLni ham qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar
21:14
Pep Gvardiola: "Kevin de Bryuynedan tashqari 30 yoshdan oshgan barchaning qolishini istayman" 3

Fikrlar