Toma Tabatadze va Jamshid Iskanderov "Neftchi"ga o'tadimi?
05 dek 2024 23:25
Yangiliklar
Toma Tabatadze va Jamshid Iskanderov "Neftchi"ga o'tadimi?
Ushbu mavsum yakunlanganidan keyin "Navbahor"ni tark etgan Toma Tabatadze hamda Jamshid Iskanderovlarning Vodiyda qolishi haqida gap-so'zlar bo'lgandi.
Ushbu futbolchilar "Neftchi" azosiga aylanishi kutilayotgandi.
Biroq Championat.asia sayti muharriri Narzulla Saydullaevning malumot berishicha, Iskanderov hamda Tabatadze "Neftchi"ga o'tmaydi.
"Toma Tabatadze va Jamshid Iskanderov "Neftchi"ga o'tmaydigan bo'ldi. Ularni kelishini shaxsan viloyat hokimi istagandi. Ammo murabbiyning fikri boshqacha bo'ldi", - deb yoziladi malumotda.
Yakunlangan mavsumda Iskanderov "Navbahor" tarkibida 31 o'yinda maydonga tushib, 7 gol va 6 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar