

Ushbu futbolchilar "Neftchi" a'zosiga aylanishi kutilayotgandi.
Biroq Championat.asia sayti muharriri Narzulla Saydullaevning ma'lumot berishicha, Iskanderov hamda Tabatadze "Neftchi"ga o'tmaydi.
"Toma Tabatadze va Jamshid Iskanderov "Neftchi"ga o'tmaydigan bo'ldi. Ularni kelishini shaxsan viloyat hokimi istagandi. Ammo murabbiyning fikri boshqacha bo'ldi", - deb yoziladi ma'lumotda.
Yakunlangan mavsumda Iskanderov "Navbahor" tarkibida 31 o'yinda maydonga tushib, 7 gol va 6 assist qayd etdi.



