Bugun "Neftchi" chempion bo'lishi mumkin

Narzulla Saydullayev
20 noya 2026, 14:06
Bugun Superligada 28-turdan o'rin olgan uchta o'yin bo'lib o'tadi.

Toshkentda poytaxt derbisi, Namanganda vodiy derbisi bor. Olmaliqda esa “Qizilqum“ mehmon bo'ladi - konchilar derbisi.

“Neftchi“ bugunning o'zida chempionlikni rasmiylashtirishi mumkin. Buning uchun avvalo “Navbahor“ mag'lub etilishi va “Paxtakor“ g'alaba qozona olmasligi (durang yoki mag'lubiyat) talab etiladi.

Shunday holat kuzatilsa, keyingi 2 ta turda “sherlar“ maksimal ochko to'plashsa ham “Neftchi“ga eta olishmaydi.

photo_2026-11-20_09-05-41.jpgphoto_2026-11-20_09-05-42.jpg

O'xshash yangiliklar

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia