

Mutaxassis Bundesliganing "Kyoln"ga qarshi yaqinlashib kelayotgan o'yinida jamoani boshqarishini tasdiqladi.
40 yoshli belgiyalik murabbiy 19 noyabr kuni matbuot anjumani o'tkazib, o'z ahvoli haqida gapirib berdi. Kompanining so'zlariga ko'ra, hozirda uning sog'lig'iga hech narsa tahdid solmayapti. Shuningdek, u dastlab o'z holatiga etarlicha e'tibor bermaganini tan oldi.
"Men shunchaki kasal edim va, ehtimol, o'z tanamga etarlicha quloq solmagandirman. Buni kamaytirib ko'rsatmoqchi emasman, bu haqiqatan ham shok bo'ldi. Shuni aytishim kerakki, men mutlaqo sog'lomman. Biz ko'plab testlar o'tkazdik va ularning barchasi yaxshi chiqdi", – dedi murabbiy.



