

Bir yil avval xuddi shu davrda klub 6,6 million funt yo'qotgandi. Bu ma'lumotlar Manchester United plc kompaniyasi hisobotida keltirilgan.
Klubning 3 oylik tushumi 4,1 foizga - 140,3 million funtdan 146,1 million funtgacha oshdi. Asosiy jamoaning Chempionlar Ligasidagi ishtiroki tufayli teletranslyatsiyalardan olingan daromad 29,9 milliondan 35,2 milliongacha ko'tarildi. Tijoriy tushum 84,1 millionni, o'yinlarni o'tkazishdan olingan daromad esa 26,8 million funtni tashkil etdi.
Operacion natija bir yil avvalgi 13 million funtlik foydadan 3 million funtlik zararga o'zgardi. Xodimlarga (futbolchilar va murabbiylar shtabiga) ketgan xarajatlar, jumladan, jamoaning Chempionlar Ligasiga qaytgani fonida 8,6 foizga oshib, 79,9 million funtga etdi.
Klubning AQSH dollaridagi uzoq muddatli qarzlari nominal summasi bir yil avvalgi 650 million dollarga nisbatan 775 million dollarga etdi. Hisobotda aniqlik kiritilishicha, ushbu majburiyatlardan tashqari kompaniyada qayta tiklanadigan kredit liniyasi ham mavjud: 30 sentyabr holatiga ko'ra, hisoblangan foizlar bilan birgalikdagi joriy qarzlar 207,1 million funtni tashkil qilgan. Shu bois uzoq muddatli dollar qarzlari ko'rsatkichini klubning butun qarzdorligi sifada talqin qilmaslik lozim.
"Manchester Yunayted" butun moliyaviy yil uchun tushum bo'yicha avvalgi prognozini - 740 milliondan 760 million funtgacha bo'lgan ko'rsatkichni o'zgarishsiz qoldirdi.



