Anvar Hojimirzaev Kapadzedan xafa bo'ldimi?
06 fev 13:30
Yangiliklar
Anvar Hojimirzaev Kapadzedan xafa bo'ldimi?
"Futbol" telekanalidagi "Gol" ko'rsatuvida O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze mehmon bo'ldi.
- Yanvar oyidagi yig'in davomida Iordaniyaga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazildi. O'sha uchrashuvda Anvar Hojimirzaev zaxiradan tushdi va biroz vaqt o'ynab yana zaxiraga olindi. Bu jarohat bilan bog'liqmidi?
- Yo'q, jarohat emas. Zaxirada "Surxon" vakili Jahongir Abdusalomov ham bor edi. Unga ham maydonga tushish imkoniyatini berishni xohladim. Anvar ham tushundi, Jahongir ham tushundi va hech kim xafa bo'lgani yo'q. Albatta har bir futbolchi ko'proq maydonda o'ynashni xohlaydi, ammo bizning maqsadimiz imkon qadar ko'proq futbolchilarni sinab ko'rish edi, - dedi Timur Kapadze.
Fikrlar