Mauro Ikardiga La Liganing ikki klubi da'vogarlik qilmoqda

Alisher Ostonov
21 dek 2025, 18:32
"Galatasaroy" hujumchisi Mauro Ikardi La Ligaga yo'l olishi mumkin.

Futbolchiga ikkita klub da'vogarlik qilmoqda. Ikardining xizmatlariga "Elche" va "Real Ovedo" klublari qiziqish bildirmoqda. Hujumchining "Galatasaroy" bilan mehnat shartnomasi yozda yakunlanadi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 8 mln evroga baholamoqda.

Mauro Ikardi joriy mavsum "Galatasaroy" safida 22 ta o'yinda maydonga tushdi. Ularda hujumchi 8 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Radio Mitre