Rauf Inileev: "Mundial arafasida hech kim jarohat olmasligi muhim, chunki zaxiramizda boshqa Shomurodov, Yusupov va Husanov yo'q"
19 dek 13:58
Yangiliklar
Rauf Inileev: "Mundial arafasida hech kim jarohat olmasligi muhim, chunki zaxiramizda boshqa Shomurodov, Yusupov va Husanov yo'q"
"Oxirgi yillarda barcha terma jamoalarimiz yuqori darajada o'ynamoqda. Eng muhimi — shu barqarorlikni yo'qotmaslik. Agar mana shu tizimni saqlab qolsak, barcha turnirlarda munosib natijalarga erishishimiz mumkin.
Jahon chempionatiga haqli ravishda chiqdik va bu — katta natija. Albatta, hamma keyingi bosqichga chiqishimizni istaydi, bu esa tabiiy hol, chunki imkoniyatlarimiz bor. Guruhimizda juda kuchli yoki juda kuchsiz raqiblar yo'q.
Eng asosiysi — mundial arafasida biror futbolchimiz jarohat olmasligi kerak. Futbol juda tezlashgan. Agar kimdir safdan chiqsa, juda qiyin bo'ladi. Chunki zaxiramizda boshqa Shomurodov, Yusupov yoki Husanov yo'q. Umid qilamanki,jarohatlar bizni qiynamaydi va Jahon chempionatiga optimal tarkibda etib boramiz. Agar barchasi ko'ngildagidek kechsa, guruhdan chiqish vazifasini uddalashimizga ishonaman", — dedi Rauf Inileev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Fikrlar