Vengriya U-18 termasi bosh murabbiyi: "O'zbekiston bugun yuqori sifatli o'yin ko'rsatdi"

Administrator
6 sen 2022, 22:50
Rauf Inileev boshchiligidagi O'zbekiston U-18 terma jamoasi bugun Vengriya U-18 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Uchrashuv yakunlangacha Vengriya U-18 termasi bosh murabbiyi Levente Baboning o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- O'yin haqida qisqacha fikringiz qanday?

- O'yin tezligi yuqori bo'ldi. Ushbu o'yin biz uchun yaqinlashib kelayotgan uchrashuvlardan oldin ajoyib tayyorgarlik bo'ldi.

- Nega aynan O'zbekiston U-18 terma jamoasini raqib sifatida tanladingiz?

- Mendagi ma'lumotlarga qaraganda, UEFA va OFK o'rtasida hamkorlik kelishuvi bor. Ushbu dastur bo'yicha biz bir-birimizni qo'llab-quvvatlayapmiz. Biz O'zbekiston U-18 terma jamoasining mehmonxona harajatlarini qoplab beryapmiz va shu orqali bir-birimizga yordam beryapmiz.

- O'zbekiston jamoasi tarkibidan biror bir futbolchining o'yini sizda yaxshi taassurot qoldirdimi?

- Umumiy qilib aytganda menga jamoa yoqdi. O'zbekiston U-18 termasi bugun yuqori sifatli o'yin ko'rsatdi. Ettinchi (Abduazim Ortiqov) va o'n birinchi (Murod Komilov) raqamdagi futbolchilarning o'yini menga alohida taassurot qoldirishdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia