Rauf Inileev: "Mundial arafasida hech kim jarohat olmasligi muhim, chunki zaxiramizda boshqa Shomurodov, Yusupov va Husanov yo'q"

Iskandarov Abdulaziz
19 dek 2025, 13:58
O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Rauf Inileev Jahon chempionati oldidan termaning imkoniyatlari, barqarorlik va asosiy futbolchilar sog'lig'ining ahamiyati haqida fikr bildirdi.

"Oxirgi yillarda barcha terma jamoalarimiz yuqori darajada o'ynamoqda. Eng muhimi - shu barqarorlikni yo'qotmaslik. Agar mana shu tizimni saqlab qolsak, barcha turnirlarda munosib natijalarga erishishimiz mumkin.

Jahon chempionatiga haqli ravishda chiqdik va bu - katta natija. Albatta, hamma keyingi bosqichga chiqishimizni istaydi, bu esa tabiiy hol, chunki imkoniyatlarimiz bor. Guruhimizda juda kuchli yoki juda kuchsiz raqiblar yo'q.

Eng asosiysi - mundial arafasida biror futbolchimiz jarohat olmasligi kerak. Futbol juda tezlashgan. Agar kimdir safdan chiqsa, juda qiyin bo'ladi. Chunki zaxiramizda boshqa Shomurodov, Yusupov yoki Husanov yo'q. Umid qilamanki,jarohatlar bizni qiynamaydi va  Jahon chempionatiga optimal tarkibda yetib boramiz. Agar barchasi ko'ngildagidek kechsa, guruhdan chiqish vazifasini uddalashimizga ishonaman", - dedi Rauf Inileev.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia