

APL 11-turida "shaharliklar" 16-daqiqada gol o'tkazib yuborib, "Fulxem" bilan durang o'ynashdi (1:1).
"O'tkazib yuborayotgan gollarimizning qariyb 80 foizi dastlabki 20 daqiqaga to'g'ri kelmoqda va buni albatta to'g'rilash kerak.
To'g'rilashimiz zarur bo'lgan jihatlar bor. Albatta, bunday holatlar bizga yoqmaydi - ketma-ket to'rtta o'yindan buyon g'alabasiz seriya. Afsuski, bu yo'lning bir qismi - bunday davrlarni boshdan kechirishga to'g'ri keladi.
Katta ustunlik bo'lmagan o'yinlarda darvoza daxlsizligini saqlab, 1:0 hisobida g'alaba qozonish yo'lini topish muhim. Afsuski, hozir buni uddalay olmayapmiz. Juda ko'p gol o'tkazib yuboryapmiz va bundan saqlanishimiz kerak", - dedi Mareska.



