PSJning yana bir yetakchisi uchun mavsum yakunlangan bo'lishi mumkin

22 noya 2026, 09:00
PSJ hujumchisi Dezire Dueda o'ng tizza xochsimon payining uzilishi gumon qilinmoqda.

Bu haqda Parij klubidagi manbalarga tayanib RMC Sport xabar bermoqda.

21 yoshli futbolchi Fransiya chempionati doirasida "Nicca"ga qarshi safar o'yinining 41-daqiqasida jarohat oldi. Due o'yin epizodi vaqtida oyog'ini noqulay qo'yib, maysaga yiqildi. Fransiyalik futbolchi maydonni mustaqil tark eta olmadi - uni zambilda olib chiqishdi.

Yakshanba, 22 noyabr kuni Due MRT tekshiruvidan o'tadi, uning natijalariga ko'ra jarohatning og'irlik darajasi ma'lum bo'ladi.

2026/27 yilgi mavsumda Due Parij klubi safida barcha turnirlarda 15 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar

Manba: RMC Sport