"Inter Mayami" MLS pley-offida "Kolambus"ga yirik hisobda yutqazdi

22 noya 2026, 07:38
MLS pley-off bosqichi birinchi davrasining dastlabki uchrashuvi yakunlandi, unda "Inter Mayami" o'z maydonida "Kolambus Kryu"ni qabul qildi.

Mayamidagi "Nu Stedium" arenasida bo'lib o'tgan bahs mehmonlarning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan tugadi.

36-daqiqada Gonsalo Luxan maydondan chetlatilganidan so'ng "Inter Mayami" bir kishi kam bo'lib qoldi. Takidlash joizki, mayamiliklar safida argentinalik hujumchi Lionel Messi va urugvaylik forvard Luis Suares ilk daqiqalardan maydonda harakat qilishdi.

"Kolambus" tarkibida dubl muallifiga aylangan Gonsalo Tapiya hamda Taxa Xabrun o'z hisoblariga gol yozdirib qo'yishdi.

Jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvi 28 noyabr kuni bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, "Inter Mayami" MLS Sharqiy konferenciyasi turnir jadvalida 60 ochko jamg'argan holda ikkinchi o'rinni egallagan edi. "Kolambus Kryu" esa 47 ochko bilan ettinchi pog'onadan joy olgan.

O'xshash yangiliklar

Manba: championat.asia