BAA Pro ligasi. "Al Bataeh" 5 ta gol urilgan o'yinda o'yinda mag'lubiyatga uchradi, G'anievdan assist

Alisher Ostonov
21 dek 2025
BAA Pro ligasi 9-tur doirasidagi "Al Bataeh" - "Al Nasr" o'yini bo'lib o'tdi.

Mezbonlar darvozaboni Ibrohim Ali 34-daqiqada qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. "Al Nasr" esa 45+8 daqiqada Mehdi Gayedining goli evaziga hisobni ochdi. Mezbonlar hujumchisi Anatole Abang 72-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Mehdi Gayedi esa 73-daqiqada yana to'p kiritdi. Qizig'i, Anatole Abang 77-daqiqada yana hisobni tenglashtirdi. Ammo, Cheykna Dumbiya 90-daqiqada to'p kiritib, o'yinga nuqta qo'ydi.

"Al Bataeh" safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Aziz G'aniev to'liq harakat qildi va jamoasining ikkinchi goliga assistenlik qildi


21 dek 2025, 17:50
Al Bataeh — Al Nasr
2 – 3
Tugadi



Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia