So’nggi yangiliklar

15:20Юлиан Нагельсманн: "Ҳар бир ўйинда ғалаба қозонишни истайман ва истеъфо ҳақида ўйламайман"  0 14:44Хайрия учрашуви. "Динамо" - Ўзбекистон фахрийлари беллашувидан галерея  0 14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  1 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  12 13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  1 12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  4 12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  9 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  16 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 09:30Here we go! Онана "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда  21 08:58"Ал Аҳли" Франция U-21 аъзосини 25 миллион еврога сотиб олди  3 08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  25 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  9

Elit OCHL. "Paxtakor" Qatarda birorta aniq zarba bermay yutqazdi Yangiliklar

Elit OCHL. "Paxtakor" Qatarda birorta aniq zarba bermay yutqazdi

Bugun Elit OCHL 7-tur bellashuvlariga yakun yasaladi.

Toshkentning "Paxtakor" jamoasi Qatarda "Al Garafa" mehmoni bo'ldi. Unda mezbonlar Sassining yagona goli evaziga g'alaba qozonishdi. "Paxtakor" esa o'yinni birorta aniq zarba bermagan holda yakunladi. Endi "sherlar" pley-offga chiqish uchun so'nggi turda Toshkentda "Al Sadd"ni engishi va qolgan o'yinlarga qarab o'tirishi kerak bo'ladi.

YANGILASH

Al-Gharafa

Ferjani Sassi - 39'

AFC Champions League Elite West . 7-tur

04/02/2025, 21:00

0
:
1
Tugadi

Pakhtakor Tashkent

45'
90'
21'  Seydou Sano
28'  Ferjani Sassi
39'  Ferjani Sassi
39'  Yacine Brahimi
51'  Joselu
74'  Matias German Nani
80'  Ahmed Al Ganehi (Yohan Boli)
90'  Fabricio Diaz
90'  Yacine Brahimi (Rabh Boussafi)
90'  Joselu (Mohammed Muntari)
24'  Bashar Resan
68'  Igor Sergeev (Brayan Riascos)
68'  Abdurauf Buriev (Diyor Kholmatov)
68'  Bashar Resan (Otabek Jurakuziev)
85'  Dostonbek Khamdamov (Ulugbek Khoshimov)

Elit OCHL

7-tur

04.02.2025, 21:00

"Tani Bin Jassim stedium", Qatar

"Al Garafa" - "Paxtakor" 1:0

Gollar: F.Sassi 39

Bosh hakam: Alirizo Fag'oniy (Avstraliya)

Yordamchilar: Anton SHchetinin, Eshli Bicham (ikkisi Avstraliya)

To'rtinchi hakam: Jonatan Barreyro (Avstraliya)

"VAR" hakami: SHon Evans (Avstraliya)

"VAR" hakami yordamchisi: Ben Abraxam (Avstraliya)

"Al Garafa": 15.Serxio Riko, 2.Abdulloh Yusuf, 8.Yasin Braimi (26.Rabeh Bussafi, 90+3), 9.Xoselu (3.Muhammad Muntari, 90+3), 24.Aron Gunnarsson, 29.Fabrisio Diaz, 31.Ferjani Sassi, 32.Matias German Nani, 42.Seydu Sano, 80.Ahmed Al Ganehi (11.Yohan Boli, 80), 99.Jamal Hamed Mayor.

Zaxira: 18.Xalifa Ababakar, 40.Klaude Amine Lekomt, 12.Hamid Ismoil Xalifa, 17.Amro Surag, 21.Saifeldin Hassan Fadlalla, 23.Assim Madibo, 25.Ibrahim Tamer Xolid, 44.Yasir Hamid, 71.Jassim Al Zarra.

"Paxtakor": 19.Jonatan Luiz, 4.Abdulla Abdullaev, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 17.Doston Hamdamov (99.Ulug'bek Hoshimov, 85), 22.Umar Adhamzoda, 23.Abdurauf Bo'riev (8.Diyor Xolmatov, 68), 37.Igor Sergeev (94.Brayan Riaskos, 68), 45.Bashar Resan (30.Otabek Jo'raqo'ziev, 68), 47.Jonatan Lukka, 50.Flamarion, 55.Muhammadrasul Abdumajidov.

Zaxira: 1.Nikita SHevchenko, 12.Vladimir Nazarov, 3.SHahzod Azmiddinov, 9.Ibrohim Ibragimov, 15.Diyorbek Ortiqboev, 31.Muhammadali Usmonov, 44.Mahmudjon Mahamadjonov, 77.Dilshod Saitov.

Ogohlantirishlar: S.Sano 21, F.Sassi 28, Xoselu 52, M.Nani 74, F.Diaz 90+2 - B.Resan 24



Uchrashuv yakunlandi. "SHerlar" keyingi bosqichga chiqish vazifasini qiyinlashtirib yuborishdi.

90+1 - Riaskosning bosh bilan zarbasi sal o'xshamadi.

87 - Xoselu uzoqdan qaychi uslubida zarba berib ko'rdi, noaniq.

85 - O'zgarish: "Paxtakor" safida Hamdamov o'rniga U.Hoshimov tushdi.

75 - Hamdamovning jarimadan tepgan to'pini mezbonlar qaytarib yuborishdi.

68 - "Paxtakor"da o'zgarishlar: Sergeev o'rniga B.Riaskos, Resan o'rniga O.Jo'raqo'ziev va Bo'riev o'rniga D.Xolmatov tushirildi.

Yo'q, gol emas. Xoselu ofsaydda bo'lib chiqdi va mezbonlarning goli bekor qilindi. 

64 - GOL! Xoselu boshi bilan to'p kiritdi va hisobni jamoasi uchun ishonchli ko'rinishga keltirdi - 2:0.

- Pedru Moreyra o'zgarishlarni amalga oshirmasa "Paxtakor" keskin xavfli vaziyat yarata olmayapti. Balki, o'zgarishlar yordam berar.

Ikkinchi bo'limga start berildi.



Tanaffus!

45 - "Paxtakor" katta kuch bilan oldinga o'tmoqda, mehmonlar tanaffusgacha gol urib olishmoqchi.

39 - GOL! Mezbonlar sardori Ferjani Sassi hisobni ochdi. Braimidan assist - 1:0.


"Paxtakor" boshlang'ich tarkibi.


33 - Mezbonlar futbolchisi Jonatan Luiz to'pni qo'li bilan o'yinga kiritmoqchi bo'lganda burnini suqib keldi va "nasibasi"ni oldi)

28 - Sariq, mezbonlar sardori Sassi bosh hakamga keskin etirozlari uchun ogohlantirildi.

25 - Uhh, Braimining qiyin va aniq zarbasidan keyin yangi darvozabon Jonatan Luiz chiroyli seyvni ijro etdi.

24 - Sariq, Bashar Resan shart bo'lmagan joyda o'ziga sariq kartochka so'rab oldi.

21 - Sariq, Flamarionni ochiqchasiga chalgani uchun Seydu Sano ogohlantirildi.

19 - O'yin ancha tenglashib qoldi, mezbonlar startda katta kuch bilan hujumga o'tishgandi.

13 - Jamal Mayorning zarbasi ancha noaniq ketdi.

11 - "SHerlar" birinchi burchak zarbasiga ega bo'lishdi.

- Hozir Hamraliev o'ng qanot himoyada, Abdumajidov esa markaziy himoyada o'ynamoqda.

3 - "Al Garafa"dan navbatdagi xavfli hujum, Aron Gunnarssonning zarbasi himoyachilarga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Raqib safida Yasin Braimi juda ko'p bosh og'rig'i bo'lmoqda dastlabki daqiqalarda.

1 - Uhh, mezbonlar dastlabki daqiqadayoq golli vaziyat yaratishdi. Braimining pasidan keyin Xoselu "Paxtakor" darvozaboni qarshisida yolg'iz qoldi va noaniq zarba berdi.

- Alirizo Fag'oniy xushtagini chaldi va o'yin start oldi.

- Bugun toshkentliklarni sardor sifatida Abdulla Abdullaev maydonga boshlab tushdi.

- Jamoalar maydonga tushib kelishdi. "Paxtakor" futbolchilari ikki xil komplekt formadan bitta yasashibdi bugun, sababi "Paxtakor"ning shu formasining shortigi rangi ham ko'k, raqibda ham shortik ko'k. Ikkala jamoa bir xil rangli shortikda o'ynashi mumkin emas. Bir amallashibdi xullas)

- "SHerlar" ustozi Pedru Moreyra bugun 4-2-3-1 taktik sxemasidan foydalanadiganga o'xshaydi tarkibga nazar soladigan bo'lsak. M.Abdumajidov himoyaning o'ngida, Adhamzoda chapida, Abdullaev va Hamraliev markazida. Bo'riev hamda Lukka markaziy yarim himoyada, Hamdamov o'ng vinger, Resan chap vinger, Flamarion hujumchi ortida va Sergeev hujumda.

- Assalom alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun "Paxtakor" Elit OCHLda keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab qolish uchun kurash olib boradi. "SHerlar" g'alaba qozongan taqdirda ochkolari sonini 7taga etkazib oladi va ikki Eron jamoasi "Istiqlol" hamda "Persepolis"ni quvib o'tgan holda 7-pog'onaga ko'tariladi.


Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика