

"Jamoamiz 17-30 yanvarda Turkiyaning Antaliya shahrida birinchi xorij yig'inini o'tkazadi. Unda 3 nazorat bahsida maydonga tushish rejalashtirilgan. Shimoliy Makedoniyaning "Struga", Kosovoning "Prishtina" va Bolgariyaning "Botev" jamoalari raqibimiz bo'ladi", - deb yoziladi klub xabarida.
Ma'lumot uchun, "Struga" jamoasi Shimoliy Makedoniya chempionatida ayni damda 2-o'rinni egallab turibdi. 2 mavsum oldin ular mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan. "Prishtina" jamoasi ham birinchi davrani vice-chempion sifatida yakunladi. "Botev" esa mamlakat chempionatida 11-o'rinda qayd etilmoqda.




