

O'yindan keyin "Paxtakor farm" bosh murabbiyi Bobur Abdurahmonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- Yigitlarimiz juda bo'sh harakat qilishdi. Avvalgi o'yindan keyin aytgandim, etti nafar futbolchini o'rinbosarlar tarkibiga byerganmiz. Shuningdek ikki futbolchimizda jarohat bor, shu bois ikkinchi tarkib bilan o'ynadik. Mavsum boshidan byeri deyarli ikkinchi tarkib bilan o'ynab kelyapmiz, chunki asosiy o'yinchilarni "Paxtakor" U-21 jamoasiga byerdik. Shunga yarasha natijalar ham yaxshi bo'lmayapti degan fikrdaman.
- Jamoangiz oldiga "Paxtakor" bosh jamoasi tomonidan qanday maqsad qo'yilgan?
- Maqsad - funbolchi etkazib byerish. Aytib o'tganimdek, etti nafar o'yinchimizni o'rinbosalarga byerdik. Agar shu futbolchilar kelajakda yaxshi o'ynab ketsa, bu ham bizning yutug'imiz bo'ladi. Hozirgi tarkibdan ham futbolchi chiqarishga harakat qilyapmiz. Buning uchun Proliga bahslari biz uchun yaxshi maktab bo'lyapti.



