JCH-2026dagi raqibimiz Daniya bilan durang o'ynadi

Aslanov Jasurbek
4 iyun 2026, 01:02
JCH-2026 oldidan tashkil etilgan DR Kongo va Daniya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida hisob ochilmadi.

O'yin Belgiyaning Lej shahridagi "Moris Dyufran" stadionida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvni belgiyalik hakam Lotar D`Xondt boshqarib bordi.

Bahs 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

DR Kongo terma jamoasi JCH-2026 musobaqasida ishtirok etadi, ular turnirning K guruhida Portugaliya, Kolumbiya va O'zbekiston terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Daniya esa Chexiyaga qarshi kechgan final parraj o'yinida mag'lub bo'lgani sababli, jahon chempionatiga yo'llanma ololmadi.

Jahon chempionati o'yinlari 11 iyundan 19 iyulga qadar bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia