

JCH, K guruhi, 1-tur
Portugaliya - Kongo DR 1:1
Gollar: 6 - Joau Nevesh, 45+5 - Yoan Vissa
Portugaliya: 1. Diogu Koshta, 20. Joau Kanselu, 25. Nunu Mendesh (2. Nelson Semedu, 72’), 13. Renatu Veyga, 4. Tomash Arauju, 15. Joau Nevesh, 23. Vitinya (9. Gonsalu Ramush, 83’), 10. Bernardu Silva (26. Shiku Konseysau, 46’), 8. Brunu Fernandesh, 18. Pedru Netu (17. Rafael Leau, 72’), 7. Krishtianu Ronaldu.
Zaxira: 12. Joze Sa, 22. Ruy Silva, 3. Ruben Diash, 5. Diogu Dalo, 14. Gonsalu Inasiu, 6. Mateus Nunes, 24. Samu Koshta, 21. Ruben Nevesh, 16. Fransishku Trinkau, 11. Joau Feliks, 19. Gonsalu Gedesh.
Kongo DR: 1. Lionel Mpasi-Nzo, 2. Aaron Van-Bissaka (24. Jedeon Kalulu, 85’), 4. Aksel Tuanzebe, 22. Shansel Mbemba, 3. Stiv Kapyuadi, 26. Artur Masuaku (12. Joris Kayembe-Ditu, 75’), 8. Samyuel Mutussami, 6. Ngalayel Mukau (14. Noa Sadiki, 57’), 25. Edo Kayembe (18. Sharl Pikel, 75’), 20. Yoan Vissa, 17. Sedrik Bakambu (23. Simon Banza, 85’).
Zaxira: 16. Timoti Fayulu, 21. Mattyo Epolo, 5. Dilan Batubinsika, 15. Aaron Tshibola, 9. Brayan Sipenga, 11. Gael Kakuta, 7. Natanael Mbuku, 10. Teo Bongonda, 13. Meshak Elia, 19. Fiston Mayele.
Ogohlantirishlar: 13 - Bernardu Silva, 32 - Shansel Mbemba, 88 - Nelson Semedu, 90+2 - Tomash Arauju
90+5. O'yin yakunlandi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.
90. Brununing uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.
87. Kanseluning zarbasi aniq bo'lmadi.
81. So'nggi dekada boshlandi, harorat ham buyog'iga oshishi aniq.
77. Bakambuning olisdan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.
74. Yana Konseysau va yana Ronalduga to'p uzatildi, biroq bu safar ham Krishtianuning zarbasi darvozaga bormadi…
🔄 72. Portugaliya qo'shimcha kuchlarni tashladi: Semedu va Leau maydonga tushdi.
69. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.
68. Konseysau zo'r vaziyatga chiqib bordi va to'pni Ronalduga uzatdi, Krishning zarbasi aniq bo'lmadi…
67. Ikki jamoa futbolchilari maydonda tortishib qolishdi. Asabiylik kuchaymoqda.
📊 66. Qiziq fakt: xG bo'yicha ko'rsatkich - 0,07 - 0,69
64. Portugaliya tomonidan amalga oshirilayotgan hujumlar umuman o'xshamayapti.
57. Bakambudan zarba!!! Bu safar darvoza ustuni Portugaliyaning joniga oro kirdi…
55. GOL! Kanselu super gol urgandi, biroq offsayd deb topildi…
50. Bakambuning o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasini Koshta qaytardi… zo'r vaziyat bo'lgandi.
48. Kongoliklar yaxshi boshlashdi bo'limni.
🕛 46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
🕘 45+6. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45+6. Bo'lim so'nggida hisob tenglashgani ikkinchi bo'lim qiziq o'tishini bildiradi!

⚽️ 45+5. GOL! Yoan Vissa hisobni qisqartirdi! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Vissa boshi bilan darvozaga aniq yo'lladi!
45+3. Mutussamining zarbasi rekoshetga uchrab, maydonni tark etdi.
45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.
42. Temp biroz tushdi, o'yin asosan maydon markazida kechmoqda.
33. Kayembening uzoqdan yo'llagan zarbasi Koshtaning qo'liga borib tushdi.
29. Krishtianu o'ziga uzatib berilgan to'pga eta olmadi.
24. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.
18. Mendesh yaxshi vaziyatga chiqib borgandi, biroq u zarba berolmadi, keyinchalik Brunu erlatib to'pdi, biroq noaniq ketdi.
14. Bakambu bir futbolchidan o'tib darvoza tomon zarba berdi, to'p rekoshetga uchrab, yo'nalishini o'zgartirdi.
12. To'p nazorati yevropaliklarda qolmoqda, hozircha aytarli vaziyat ko'rmadik godan keyin.
7. Tezkor gol urib oldi Portugaliyaga, buyog'iga o'yin ssenariysi qanday kechadi, kuzatamiz.

⚽️ 6. GOL! Nevesh hisobni ochdi! Chap qanotdan uzatilgan to'pni Joau darvozaga aniq yo'lladi!
3. Dastlabki daqiqalardan portugallar faol, to'p nazorati ham ularda.
🕛 1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Jahon chempionati K guruhi 1-turidan o'rin olgan Portugaliya va DR Kongo terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvning matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



