Ulug'bek Bakaev: "Birinchi finalni yaxshi o'tkazdik"

Aslanov Jasurbek
21 noya 2026, 19:40
Superliga 28-turdan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng "So'g'diyona" bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- Turnir jadvalidagi holatdan kelib chiqsak, buyog'iga har bir bahs qiyin o'tishini bilamiz. O'yindan oldin yigitlarga chempionatning oxirgi uchta o'yini biz uchun uchta final bo'lishini aytdik. Bugun birinchi finaldan o'tdik. Uchrashuv haqida nima deyishim mumkin, birinchi taym nazoratimiz ostida kechdi. Gol urishimiz ham mumkin edi. Ikkinchi bo'limda ustunlik raqibga o'tdi. Biz tezkor qarshi hujumlarni qo'llashga harakat qildik. Bir vaziyatda raqib o'yinchisi birga bir chiqib gol ura olmadi, bu esa bizning foydamizga ishladi. Negaki keyingi hujumda biz to'p kiritdik. Futbolda shunaqasi ham uchrab turadi. G'alaba uchun yigitlarga rahmat, birinchi finalni yaxshi o'tkazib oldik, endi ikkinchisiga tayyorgarlik ko'ramiz.

- "So'g'diyona" bahsni uch nafar hujumchi bilan boshladi. Bunday holat jahon futbolida ham kamdan kam kuzatiladi.
- To'g'ri, hujumda uch futbolchi harakat qildi va bundan ko'zlangan maqsad hujumchilarning bir-biriga yordam berish edi. Muhimi, shogirdlar ko'rsatmalarni to'liq bajarishdi.

- Jamoa to'purari Lyupcho Dorievning shartnomasi qachongacha?
- Bilishimcha, u klub bilan shartnomasini 2028 yoki 2029 yilgacha uzaytirdi.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia