

Jamshid Saidov: “Bahs qiyin o'tishini bilgandik. Bugun omad biz tomonda bo'ldi. OKMK yaxshi vaziyatlarga ega bo'ldi, lekin yigitlar oxirigacha kurashishdi. Hammani g'alaba bilan tabriklayman.
- O'yin durangga qarab ketayotgandek edi. Bahs oxirida syurpriz sodir bo'ldi…
- Hozir har bir ochko tillaga teng. Qiyin o'yin bo'lsa ham qarshi hujumlar orqali imkoniyatga ega bo'lishimizni bilardim. OKMK oxirgi daqiqalarda hujumda juda faol bo'lishini, bizda zonalar paydo bo'lishini o'rganib chiqqandik.
- Bugungi g'alabadan so'ng “Qizilqum” xavfli zonadan uzoqlashib, Superligada jon saqlab qoldi. Bosh murabbiy sifatida vazifamni 100% bajardim deb o'ylaysizmi?
- Yana 2 ta bahs bor. “Paxtakor” va “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuvlar. Ularda ham maksimal kuchimizni ko'rsatib, ochko olishga intilamiz.



