

"Men kelganimda Appyano-Jentiledagi baza dahshatli ahvolda edi, maydonlarda ulkan chuqurlar bor edi, xodimlarda esa doim bahona topilardi. "Inter" maysazorni yangilash uchun pul tikdi, biroq bir oy o'tar-o'tmas u yana yaroqsiz holga kelib qoldi.
Klub 120 ming evro sarfladi va o'sha ikki yil mobaynida men tunab qolish uchun maxsus joy jihozlashni ham so'radim. Agar bugun "Inter"ning mashg'ulot bazasiga nazar tashlasangiz - bu haqiqiy durdona.
Ko'plab klublarda "mendan oldingi" va "mendan keyingi" davrlar mavjud bo'lib, mendan keyin kelganlar butunlay boshqacha sharoitlarga duch kelishadi.
Shuningdek, men klublar uchun o'zini oqlaydigan sarmoyaga aylanaman. Biz Romelu Lukaku va Ashraf Hakimiyni sotib oldik, keyinchalik esa ularni 120 millionga "Chelsi"ga va 70 millionga PSJga sotdik. Men tarkibning qiymatini oshirdim", - dedi murabbiy Cronache di Spogliatoio podkastida.


